AsosiyJamiyat

Senatining oltinchi yalpi majlisi ertaga chaqiriladi

Yalpi majlisda mamlakat iqtisodi, ijtimoiy himoya, ekologik barqarorlik, sog‘liqni saqlash, mudofaa va sud-huquq tizimini takomillashtirishga qaratilgan qator qonunlar muhokama qilinadi.

'Senatining oltinchi yalpi majlisi ertaga chaqiriladi'ning rasmi

Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisi 2025 yil 29 aprel kuni chaqiriladi. Senat Kengashi joriy yilning 28 aprel kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisda bu haqda qaror qabul qildi.

Yalpi majlisda mamlakat iqtisodi, ijtimoiy himoya, ekologik barqarorlik, sog‘liqni saqlash, mudofaa va sud-huquq tizimini takomillashtirishga qaratilgan qator qonunlar muhokama qilinadi.

Shulardan ayrimlari:

“Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi Qonun: moliya bozorini sog‘lomlashtirish va banklarning faoliyatini barqarorlashtirishga qaratilgan.

“Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonun: ekologik barqarorlikni ta’minlash, uglerod birliklari muomalasi va issiqxona gazlari chiqarilishini nazorat qilishga qaratilgan.

“Davlat mudofaa buyurtmasi to‘g‘risida”gi Qonun: milliy mudofaa va xavfsizlikni mustahkamlash, davlat mudofaa buyurtmalarini shakllantirish va bajarish tartibini belgilash.

Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar, sud hujjatlari ijrosi, tamaki va nikotin mahsulotlari muomalasini tartibga solish kabi masalalar ham muhokama qilinadi. Yangi qonunlar aholini zararli odatlardan muhofaza qilish va davlat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Majlisda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish haqida ham qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkent viloyatida YPX inspektori to‘xtatgan mashinada giyohvand modda borligi aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:03

    Toshkent viloyatida YPX inspektori to‘xtatgan mashinada giyohvand modda borligi aniqlandi

    Haydovchi svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtamay harakatlangani sabab inspektor mashinani to‘xtatgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:48

    'Andijonda sifatsiz neft mahsulotlarini sotayotgan AYOQSH aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:42

    Andijonda sifatsiz neft mahsulotlarini sotayotgan AYOQSH aniqlandi

    AYOQSHga qariyb 50 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

    'Tojikistondan O‘zbekistonga 16 kg giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxs 15 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:38

    Tojikistondan O‘zbekistonga 16 kg giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxs 15 yilga qamaldi

    Ushbu shaxsga jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudida hukm o‘qildi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:18