Amerika Qoʻshma Shtatlari Oʻzbekiston bilan mavjud aloqalarni mustahkamlash va oʻzaro manfaatali hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini rivojlantirishga umid bildirmoqda. Bu haqda AQSh Prezidenti Donald Trumpning Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yoʻllagan tabrigida qayd etilgan.
Trump oʻz tabrigida Oʻzbekistonning boy tarixi va madaniyatini yodga olib, mustaqillikdan buyon ikki davot oʻrtasidagi strategik sheriklik mustahkamlanib borayotganini taʼkidladi.
Xususan, chegaralarni mustahkamlash, savdo va investitsiyalarni koʻpaytirish, diniy erkinlik hamda mintaqaviy barqarorlikni taʼminlash yoʻlida muhim hamkorlik amalga oshirilgani qayd etildi.
"Qoʻshma Shtatlar mavjud aloqalarni mustahkamlash va yangi imkoniyatlarni ochishga intiladi. Sizga va Oʻzbekiston xalqiga Mustaqillik bayrami munosabati bilan eng ezgu tilaklarimni yoʻllayman", — deyiladi Trumpning tabrigida.