AsosiyJamiyat

Mopedlar va ularni boshqaruvchilarning xavfsizligi uchun "prava" talabi joriy etilishi kerak

Bugungi kunda O‘zbekistonda 30 mingga yaqin moped mavjud bo‘lib, ularni ishlatish orqali 46 ming kishining "qora qozoni qaynayapti".

'Mopedlar va ularni boshqaruvchilarning xavfsizligi uchun "prava" talabi joriy etilishi kerak'ning rasmi

Biroq bunday transport vositalari sonining koʻpayishi bilan ular ishtirokidagi yoʻl-transport hodisalari soni ham oshdi. Faqatgina shu yilning oʻzida 300 dan ortiq shunday hodisa qayd etilgan boʻlib, ularning 53 tasi fojia bilan yakunlangan. Tahliillar shuni koʻrsatadiki, koʻpincha bunday fojialarning sababi yoʻl harakati qoidalarini bilmaslikdir.

Yuzaga kelgan vaziyat shuni aniq koʻrsatmoqdaki, kichik mexanik transport vositalaridan foydalanish sohasi yanada tizimli tartibga solinishi, unda band boʻlgan odamlar esa albatta tegishli taʼlim olishi kerak. 

Aks holda ahvol yanada yomonlashadi, chunki bilimsiz va tajribasiz har qanday texnika oʻlim xavfi manbaiga aylanadi.

Oʻzbekistonda 2025 yil 1 oktyabrdan boshlab moped va skuterlarni majburiy roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek, ularni boshqarish uchun "A" toifali haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlish talabini joriy etish rejalashtirilmoqda. 

Ushbu oʻzgarishlar mamlakatta qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi. Muhokamaning asosida xavfsizlikni oshirish, iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va ish oʻrinlarini saqlab qolish oʻrtasidagi muvozanat yotibdi.

Davlat mopedlar yordamida daromad topayotganlarning tashvishlarini tushunib, bozorga moslashish uchun vaqt berib, egiluvchan boʻlishga intilmoqda. 

Biroq xavfsizlik va yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish masalalari ham ustuvor vazifalar qatorida qolmoqda. Shu bois, moped haydovchilarini oʻqitish masalasi prinsipal ahamiyatga ega. Oʻqitish xavfsizlikning poydevoridir. 

Busiz bironta mopedni yoʻlga chiqarish mumkin emas. Shuningdek, shaxsiy himoya vositalariga eʼtibor kuchaytiriladi. Axir dubulgʻa shunchaki rasmiyatchilik emas, balki hayot-maʼmot masalasidir.

Agar boʻlajak oʻzgarishlarga xolisona baho beradigan boʻlsak, bu holatda davlat va biznesning maqsadlari bir-biriga mos keladi, deyish mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.