AsosiyDunyo

Bo'jxona qo'mitasi iPhone 17 uchun to'lovlar tartibini ma'lum qildi

Xo'sh, bu tartib qanday belgilangan?

'Bo'jxona qo'mitasi iPhone 17 uchun to'lovlar tartibini ma'lum qildi'ning rasmi

iPhone 17ni shaxsiy ehtiyoj uchun O‘zbekistonga olib kirishda, agar qurilma qiyati belgilangan normadan oshsa, ortiqcha summa uchun 30 foiz miqdorida bojxona to‘lovi undiriladi.

Bojxona qo‘mitasining eslatishicha, jismoniy shaxslar tomonidan respublikaga noto‘lov asosida (ya’ni savdo yoki biznes maqsadida emas) olib kiralayotgan tovarlar uchun boj olinmaydigan qiyat me’yorlari quyidagicha belgilangan:

havo transportida — 1000 AQSh dollariga qadar,

temir yo‘l va daryo transportida — 500 AQSh dollariga qadar,

avtomobil va piyoda yo‘laklarida — 300 AQSh dollariga qadar.

Agar iPhone 17ning bojxona qiyati ushbu me’yorlardan oshsa, me’yordan ortiq qismi uchun 30 foiz miqdorida yagona bojxona to‘lovi, shuningdek, bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi (103 000 so‘m) miqdorida rasmiylashtirish yig‘imi undiriladi.

Qurilma narxi to‘g‘risidagi ma’lumotlar xarid cheki, kvitansiya yoki boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim. Aks holda, bojxona organi mustaqil ravishda qurilmaning qiyatini aniklaydi — buning uchun Applening rasmiy saytidagi yoki ishonchli alternativ manbalardagi narxlar asos qilib olinadi.

Qo‘mita, xususan, AQSh, BAA, Janubiy Koreya va Xitoydan olib kiralayotgan iPhone 17lar uchun bojxona qiyati aynan o‘sha davlatlardagi rasmiy narxlariga qarab belgilanadi,— deya qo‘shimcha qilgan.

    Boshqa yangiliklar