AsosiyJamiyat

Chet elda vafot etganlarning jasadini olib kelish xarajatlarini davlat qoplab beradi

Endi jasaddi olib kelish xarajatlari Migratsiya jamg'armasi mablag'lari hisobidan qoplanadi.

'Chet elda vafot etganlarning jasadini olib kelish xarajatlarini davlat qoplab beradi'ning rasmi

O‘zbekistonda mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolar vafot etgan taqdirda ularning jasadini vatanga olib kelish bilan bog‘liq xarajatlar endilikda davlat tomonidan qoplanadi. Bu norma “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan yangi qo‘shimcha orqali belgilandi.

 

Mazkur tartibga ko‘ra, mehnat migratsiyasi davrida xorijda vafot etgan O‘zbekiston fuqarolarining jasadini olib kelishni tashkil etish xarajatlari Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Ushbu mablag‘lar Vazirlar Mahkamasining huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan amaldagi qonunchilikka muvofiq ajratiladi.

 

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2025 yil 1 iyul kuni qabul qilingan, Senat tomonidan esa 2025 yil 4 sentyabrda ma’qullangan. Hujjat bilan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zaro muvofiqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritilgan.

 

Mazkur o‘zgarishlar fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mehnat migratsiyasida bo‘lgan yurtdoshlarning oila a’zolarini ortiqcha moliyaviy yukdan himoya qilishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, jasadni vatanga qaytarish jarayonini moliyaviy jihatdan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmi aniq belgilandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Litvada davlat reyestrlaridan 600 mingga yaqin fuqaroning shaxsiy ma’lumotlari sizdirildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:05

    Litvada davlat reyestrlaridan 600 mingga yaqin fuqaroning shaxsiy ma’lumotlari sizdirildi.

    Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida qariyb 600 ming kishi, jumladan mamlakat prezidenti va bosh vazir qarindoshlarining ma’lumotlari ham oshkor bo‘lgan.

    'O'zbekistonda bugun havo harorati 40 darajagacha ko'tariladi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:24

    O'zbekistonda bugun havo harorati 40 darajagacha ko'tariladi.

    “O‘zgidromet” 28 may kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

    'Katta Farg‘ona kanalida timsohlar bormi?'ning rasmi

    Jamiyat 27.05.2026 14:06

    Katta Farg‘ona kanalida timsohlar bormi?

    Bugun, 27 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Katta Farg‘ona magistral kanalida timsohlar yurgani haqida xabarlar tarqaldi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 27.05.2026 05:56

    Toshkent — Urganch reysidagi holatga aviakompaniya rasmiy izoh berdi.

    'Saida Mirziyoyeva o‘zbekistonliklarni Qurbon hayiti bilan tabrikladi'ning rasmi

    Jamiyat 27.05.2026 05:03

    Saida Mirziyoyeva o‘zbekistonliklarni Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    Bu fayzli bayram har bir xonadonga tinchlik va qut-baraka olib kirsin

    'Tehron: “AQSh sulh rejimini qo‘pol ravishda buzdi”'ning rasmi

    Jamiyat 26.05.2026 16:44

    Tehron: “AQSh sulh rejimini qo‘pol ravishda buzdi”

    Rasmiy bayonotga ko‘ra, Amerika qo‘shinlari sulh kuchga kirganidan keyin ham “noqonuniy va asossiz harakatlarini” davom ettirgan.