AsosiyJAMIYAT

Katta Farg‘ona kanalida timsohlar bormi?

Bugun, 27 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Katta Farg‘ona magistral kanalida timsohlar yurgani haqida xabarlar tarqaldi.

'Katta Farg‘ona kanalida timsohlar bormi?'ning rasmi

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma'lum qilinishicha, viloyat FVB hamda Uchqo'rg'on tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan "Guliston", "Paxtachi", "Tegirmon" va "Birlik" mahallalari hududidan o'tuvchi Katta Farg'ona magistral kanalida o'rganish ishlari olib borilgan.

O'rganishlar davomida kanalda timsoh mavjudligi aniqlanmagan.

Fuqarolardan asossiz va tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslik, faqat rasmiy manbalarga tayanish so'raldi.

    Boshqa yangiliklar