AsosiyJAMIYAT

Avtomobil import qilishdagi cheklovlar bekor qilindi

Unga ko‘ra, transport vositasini import qilishda muvofiqlik sertifikatida berishdagi “bir yilda bir dona transport vositasi” cheklovi olib tashlandi.

'Avtomobil import qilishdagi cheklovlar bekor qilindi'ning rasmi

O'zbekistonda import qilinadigan avtomobillarga oid amalda bo'lgan cheklovlardan biri bekor qilindi. Bu haqda Bojxona qo'mitasi ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, endilikda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan transport vositasini import qilishda bir kalendar yil davomida faqat bitta avtomobilga muvofiqlik sertifikati berishni nazarda tutuvchi norma qo'llanmaydi.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu o'zgarish Prezidentning "Qurilish sohasida natijaga asoslangan boshqaruvni joriy etish hamda sohada davlat xizmatlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonida belgilangan.

Hujjatga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 apreldagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan "Muomalaga chiqarilayotgan g'ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to'g'risidagi umumiy texnik reglament"ga tegishli o'zgartirish kiritilgan.

Unga ko'ra, reglamentdagi "bir kalendar yil davomida bir martadan ko'p emas" tarzida muvofiqlik sertifikati berishni nazarda tutuvchi norma chiqarib tashlangan.

Shuningdek, farmon bilan qurilish sohasiga oid bir qator yengilliklar ham joriy etilgan. Xususan, 2029 yil 1 iyulga qadar O'zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, qurilish ishlarida foydalaniladigan maxsus texnika hamda laboratoriya va instrumental ko'rik uskunalarini import qilish bojxona bojidan ozod etiladi. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu imtiyoz tatbiq etiladigan texnika ro'yxatini tasdiqlashi belgilangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Jizzax yo‘lida yuk avtomobili yonib ketdi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 07:46

    Jizzax yo‘lida yuk avtomobili yonib ketdi

    Bu haqda Jizzax viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

    'Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 04:20

    Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi

    Uning alimentdan qarzdorligi qariyb 71 million so‘m bo‘lgan.

    ''ning rasmi

    JAMIYAT 05.06.2026 13:46

    ''ning rasmi

    JAMIYAT 05.06.2026 13:21

    ''ning rasmi

    JAMIYAT 05.06.2026 12:21

    ''ning rasmi

    JAMIYAT 05.06.2026 08:20