AsosiyJAMIYAT

Qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada ushlanib, O‘zbekistonga qaytarildi

O'zbekistonda firibgarlik jinoyatini sodir etib, 6 yildan buyon qidiruvda bo'lgan.

'Qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada ushlanib, O‘zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

Turkiyada firibgarlik va odam savdosi jinoyatlarida gumon qilinib, 6 yildan buyon qidiruvda bo'lgan O'zbekiston fuqarolari qo'lga olinib, mamlakatga qaytarildi. Bu haqda Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, ayol O'zbekistonda firibgarlik jinoyatini sodir etib, 6 yildan buyon qidiruvda bo'lgan. U O'zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o'tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Turkiyada ushlanib, O'zbekistonga olib kelingan.

U fuqarolarga xorijiy davlatlarga ishga joylashtirish bo'yicha litsenziyasiz faoliyat yuritib, ularni AQSh va Yevropa davlatlarida yuqori maoshli ish bilan ta'minlashni va'da qilgan hamda ishonchga kirib, katta miqdordagi pullarni firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritgani aytilgan.

Mazkur holat bo'yicha unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Shuningdek, 135-modda (odam savdosi) bo'yicha jinoyat sodir etib, qochib yurgan yana bir shaxs ham ushlanib, O'zbekistonga qaytarilgan.

Rasmiylarga ko'ra, O'zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligida yana bir qator qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va ushlash bo'yicha ishlar davom ettirilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Samarqandda 14 yoshli qiz o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi qamaldi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 09:03

    Samarqandda 14 yoshli qiz o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi qamaldi

    Unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish hamda 3 yil transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi tayinlandi.

    'Murojaatlar muddatini buzgan 19 nafar xodim lavozimidan chetlatildi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 06:20

    Murojaatlar muddatini buzgan 19 nafar xodim lavozimidan chetlatildi

    Aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish bo‘yicha talablarni buzgan 36 nafariga nisbatan intizomiy chora ko‘rildi.

    'Shavkat Mirziyoyev Ibrohim Gʻafurov xotirasiga taʼziya bildirdi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 04:44

    Shavkat Mirziyoyev Ibrohim Gʻafurov xotirasiga taʼziya bildirdi

    Prezident Ibrohim G'afurov vafoti munosabati bilan uning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

    'Andijonda voyaga etmagan qiz bilan jinsiy munosabatda bo‘lgan IIB xodimi qamoqqa olindi.'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 03:06

    Andijonda voyaga etmagan qiz bilan jinsiy munosabatda bo‘lgan IIB xodimi qamoqqa olindi.

    Jinoyatda gumonlanayotgan shaxs voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida inspektor bo‘lib ishlagani aniqlandi.

    'Toshkentda elektrobus piyodani bosib ketdi'ning rasmi

    JAMIYAT 06.06.2026 16:22

    Toshkentda elektrobus piyodani bosib ketdi

    Oqibatda fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

    'Andijonda yo‘l yoqasidagi bekatda yong‘in chiqdi'ning rasmi

    JAMIYAT 06.06.2026 13:29

    Andijonda yo‘l yoqasidagi bekatda yong‘in chiqdi

    Hodisa haqida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma'lum qildi.