AsosiyJAMIYAT

Denovda IIB xodimi 14 yoshga to‘lmagan qiz nomusiga tegishda gumon qilinmoqda

Hozircha voqea aynan qachon sodir bo'lgani rasman ma'lum qilinmagan.

'Denovda IIB xodimi 14 yoshga to‘lmagan qiz nomusiga tegishda gumon qilinmoqda'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida ichki ishlar organlari xodimi voyaga etmagan qizning nomusiga tegishda gumon qilinmoqda. Bu haqda 7 iyun kuni viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Denov tumani Ichki ishlar bo'limi Jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'limida voyaga etmaganlar masalalari bo'yicha inspektor-psixolog lavozimida faoliyat yuritgan A.R.ga nisbatan jinoyat ishi tergovi yakunlangan.

Unga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi (14 yoshga to'lmagan shaxsning nomusiga tegish), 129-moddasi 3-qismi (zo'rlik ishlatib yoki qo'rqitib 16 yoshga to'lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) hamda 206-moddasi 1-qismi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) bilan ayblov xulosasi tuzilgan va ish ko'rib chiqish uchun sudga yuborilgan.

Hozircha voqea aynan qachon sodir bo'lgani rasman ma'lum qilinmagan.

    Boshqa yangiliklar