AsosiyJINOYAT

Sergeylida pnevmatik qurolning noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati ma’lum qildi.

'Sergeylida pnevmatik qurolning noqonuniy aylanmasi fosh etildi'ning rasmi

Toshkent shahri Sergeli tumanida pnevmatik qurollarni noqonuniy saqlash va ularni hujjatlarsiz oldi-sotdi qilish bilan bog‘liq holat aniqlandi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sergeli tumani IIO FMB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolardan birining xonadonda pnevmatik qurol saqlanayotgani ma’lum bo‘lgan. Keyingi tekshiruvlar jarayonida ushbu qurolning tegishli ruxsatnomasiz bir necha shaxs o‘rtasida qo‘lma-qo‘l sotilgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, pnevmatik qurol to‘rtinchi xaridorning yashash xonadonda o‘tkazilgan tintuv vaqtida topilib, belgilangan tartibda hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan “Qurol to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilgani aniqlanib, aybdor shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 220-1-moddasiga muvofiq chora ko‘rilgan.

    Boshqa yangiliklar