AsosiyJAMIYAT

So‘nggi qo‘ng‘iroq arafasida yo‘llarda nazorat kuchaytirildi

Yo'l harakati xavfsizligi xizmati so'nggi qo'ng'iroq munosabati bilan o'quvchilar va ota-onalariga alohida murojaat bilan chiqdi.

'So‘nggi qo‘ng‘iroq arafasida yo‘llarda nazorat kuchaytirildi'ning rasmi

Yo'l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) so'nggi qo'ng'iroq tadbirlari yaqinlashishi munosabati bilan o'quvchilar va ularning ota-onalariga alohida murojaat bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, so'nggi vaqtlarda voyaga etmaganlar tomonidan haydovchilik guvohnomasisiz avtomobil boshqarish holatlari ko'paygani sabab yo'llarda keng ko'lamli profilaktik reydlar va targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda. Bu esa ayrim hollarda og'ir yo'l-transport hodisalariga olib kelayotgani ta'kidlandi.

YHXX o'quvchilarga murojaat qilib, haydovchilik huquqiga ega bo'lmagan holda avtomobil boshqarmaslikka chaqirdi.

“Aziz bitiruvchilar, yo'l harakati qoidalari bo'yicha yetarli bilim va ko'nikmaga ega bo'lmagan holda, o'zingizni va boshqalarni xavf ostiga qo'ymang”, — deyiladi murojaatda.

Shuningdek, ota-onalardan ham farzandlariga avtomobil kalitini bermaslik so'raldi.

“Hurmatli ota-onalar, so'nggi qo'ng'iroq tadbirlari bahonasida farzandingizga mashina kalitini topshirmang. Bir lahzali quvonch keyinchalik og'ir fojialarga sabab bo'lishi mumkin”, — deya ogohlantirdi YHXX.

Ma'lumot uchun, yaqinda Qo'qonda voyaga etmagan bola boshqargan Malibu-2 avtomobilida 10 yoshli uch nafar qizga urilib, ulardan biri vafot etgani qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar