1

Payariqda "kreditor"ini o`ldirgan ayol 13 yilga qamaldi

Jinoyat 07.05.2018, 12:51
Payariqda "kreditor"ini o`ldirgan ayol 13 yilga qamaldi

Samarqand viloyati Payariq tumanida yashovchi Anora Olimova bolalar kiyimini sotish bilan shug`ullanardi. Topgan-tutgani oilasiga etardi, biroq ayol bundanda ko`pini istadi.

Avvaliga u yangasi Munira Salomovadan 200 AQSh dollari oldi. Buning hisobidan Anora biznesini kengaytiradi, biroq bu ham unga kamlik qildi.

Keyingi safar u yangasidan 2 ming “ko`kidan” qarzga oladi va pullarni uch oydan so`ng foizi bilan qaytarishiga qarindoshini ishontiradi.

Biroq, qarzni qaytarish muddati tezda keldi. Munira har kuni undan pullarni qaytarishini talab qildi.

Anora qanday qilib “kreditor”dan qutulish yo`llarini izlay boshladi va bir kuni o`zi bilan metal bo`lagini olib Muniraning uyiga bordi.

Yangasi qarzni olib keldi, deb o`ylab bahri-dili ochilib ketdi. Biroq bunday emasligini bilgach, uni urisha ketdi.

Anora qulay paytni poylab metal bilan ayol boshiga o`rdi. Munira yiqilib tushganini ko`rib, qochib ketdi.

Shifokorlar 3 kun davomida jarohatlangan ayolning hayotini saqlab qolishga urinishdi. Biroq Munira vafot etdi.

"Zarafshon" nashrining xabariga ko`ra, Anora Olimova Samarqand viloyati Jinoiy ishlar bo`yicha sudi qarori bilan 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1