Musaev Behzod Anvarovich Davlat soliq qo`mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu xaqda "Xalq so`zi" nashri xabar berdi.
Musaev Behzod Anvarovich bungacha Davlat soliq qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
U shu yilning 12 martida ushbu lavozimga tayinlangan edi.
Eslatib o`tamiz, 11 may kuni 2004 yildan buyon Davlat soliq qo`mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Botir Parpiev Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Respublika Kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.






