1

Buxoroda o`z uyida fohishaxona tashkil qilgan ayol jinoiy javobgarlikka tortildi

Jinoyat 15.05.2018, 20:13
Buxoroda o`z uyida fohishaxona tashkil qilgan ayol jinoiy javobgarlikka tortildi

Buxoro shaxar IIB xodimlari tomonidan shaxar hududda olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida o`z uyida fohishaxona tashkil qilgan qo`shmachi ayol qilmishi oshkor etildi.

"1986 yilda tug`ilgan D. Yu. g`arazli va boshqa past niyatlarda boylik orttirish maqsadida o`zi yashaydigan uyda, birga yashab kelayotgan 19 yoshli qiz Ch.B.ga 1988 yilda tug`ilgan Jondor tumanida yashovchi J. K.ni o`zaro jinsiy aloqada bo`lishlari uchun 40.000 so`m pul evaziga sharoit yaratib berib, fohishaxona tashkil qilganligi aniqlangan", - deyilgan Buxoro IIB xabarida.

Ushbu holat yuzasidan D.Yu.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1