1

Buxoroda tilla taqinchoqlarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan folbin qo`lga olindi

Jinoyat 19.05.2018, 15:33
Buxoroda tilla taqinchoqlarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan folbin qo`lga olindi

Buxoroda 700 AQSh dollari va tilla taqinchoqlarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan folbin qo`lga olindi, deb xabar bermoqda Buxoro IIB.

"Buxoro tuman IIBga, Buxoro tumanida yashovchi, 1964 yilda tug`ilgan R.Usmonova ariza bilan murojaat qilib, 2017 yil 14 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, Xo`ja Xayron qishlog`ida yashovchi, 1973 yilda tug`ilgan Rasulova Nilufar Ahrorovna, R.Usmonovaning uyiga kelib, uni aldab ishonchini suiiste`mol qilib, unga uyiga duo (jodu) o`qilganligini, o`qib duoni olib tashlashini aytib, uning 200 AQSh dollarini, bir dona ayollar tilla uzugini va 2017 yil 01 noyabr kuni 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga qiritib, firibgarlik jinoyatini sodir qilganligi oshkor qilindi", - deyilgan xabarda.Mazkur holat yuzasidan Rasulova Nilufar Ahrorovnaga nisbatan 2018 yil 18 may kuni O`zbekiston RespublikasiJinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib ,tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1