1

MIB xodimiga tan jaroxati etkazgan shaxsga nisbatan sud hukmi e`lon qilindi

Jinoyat 08.08.2018, 09:48
MIB xodimiga tan jaroxati etkazgan shaxsga nisbatan sud hukmi e`lon qilindi

2018 yil 16 fevral kuni fuqaro D.Oning yashash xonodoni Farg`ona shahar, Qirguli MFY, Xosilot ko`chasi, 32-uyga Majburiy ijro byurosi Farg`ona shahar bo`limining davlat inspektori F.A kelib, xonadonning elektr energiyasidan 203.687 so`m qarzdorlik mavjudligini aniqlab, ushbu xolat yuzasidan talabnoma taqdim etib, hovli ichkarisida o`rnatilgan tabiiy gaz hisoblagichini ham ko`zdan kechirib, undagi ko`rsatkichlarni yozib olishi zarurligini bildirib, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli Qarorning 2-ilovasi bilan tasdiqlangan qoidalarga rioya qilgani holda, ushbu xonodonga kirmoqchi bo`lganida D.O yashash xonodoniga kirishiga to`sqinlik qilgan.

Davlat inspektori F.A ko`chada turib telefon orqali, Farg`ona shahar Majburiy ijro byurosi monitoring va hisob sho``basi inspektori E.Yuga xonodon egalari tabiiy gaz hisoblagichdagi ko`rsatkichlarni ko`rib olishga to`sqinlik qilayotganligi haqida xabar qilayotganida, D.O o`z xizmat vazifasini bajarayotgan F.Ani qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko`rsatib, uni telefon aparatini olib, erga urib sindirib, o`zini erga yiqitib, urib do`pposlab, olti kundan ko`p davom etmaydigan, tez o`tib ketuvchi, engil tan jaroxati etkazib, voqea joyidan ketib yuborgan.

Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishari bo`yicha Farg`ona shahar sudi tomonidan ko`rib chiqilib, sudning 2018 yil 21 maydagi hukmiga asosan, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 219-moddasining 1-qismi bilanoylik ish haqining yigirma foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Sudlanuvchi D.Oga jazo tayinlashda uning aybiga to`liq iqrorligi, qilmishidan pushaymonligi, oilaviy sharoiti, jabrlanuvchiga etkazilgan zararlar to`liq qoplaganiligi, jabrlanuvchini qonuniy chora ko`rishni haqidagi qa`tiy talabi, jinoyatni ijtimoiy xavflilik darajasi inobatga olindi.

J.Xo`jamberdiev

jinoyat ishlari bo`yicha

Farg`ona shahar sudi sudyasi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1