1

Tender bahonasida 57 500 dollarni o`zlashtirgan shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 26.10.2018, 15:06
Tender bahonasida 57 500 dollarni o`zlashtirgan shaxs qo`lga olindi

Xorazm viloyatining Xonqa tumanida firibgarlik sodir bo`lgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Joriy yilning 25 oktyabr kuni tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko`ra, Qirqyop qishlog`ida yashovchi Sh.B. shu yil 8 iyul kunidan 13 iyul kunigacha bo`lgan vaqt oralig`ida Qo`shko`pir tumanida yashovchi Sh.Yu. rahbarligidagi korxonani o`tkazilgan tenderda qatnashishi uchun yordam berishligini va buning uchun bankka pul to`lash kerakligini aytib, aldov yo`li bilan undan 57 500 AQSh dollarini olib, shu kungacha bergan va`dasini bajarmay pullarni o`z ehtiyoji yo`lida ishlatib yuborganligi ko`rsatilgan.

Sh.B. qo`lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1