AsosiyJinoyat

Andijonda o`g`il o`gay otasining qotiliga aylandi

'Andijonda o`g`il o`gay otasining qotiliga aylandi'ning rasmi

3 noyabr kuni Andijon viloyatining Qo`rg`ontepa tumanida qotillik sodir etildi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Qo`rg`ontepa tumanida yashovchi O.A. mast holda uyida o`zaro janjal oqibatida o`gay otasi I.Yu.ning son qismiga pichoq urib, jarohat etkazgan.

I.Yu. kasalxonaga yotqizilgan, ammo ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, o`sha erda hayotdan ko`z yumdi.

O.A. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar