1

Sho`rchida qirq kunlik nevarasini sotmoqchi bo`lgan bobo ushlandi

Jinoyat 08.11.2018, 10:10
Sho`rchida qirq kunlik nevarasini sotmoqchi bo`lgan bobo ushlandi

Surxondaryo viloyati Sho`rchi tumanidagi Jarqishloq mahallasida yashovchi Fotih Sotiboldiev (ism-sharif o`zgartirildi) yashash uyida turmushdan ajrashgan 31 yoshdagi qizining qirq kunlik o`g`il farzandini 1 million 500 ming so`mga sotayotganida huquq-tartibot idoralari xodimlari qo`liga tushdi.

O`z nevarasini arzimagan pulga sotishni mo`ljallagan 51 yoshdagi bu shaxsning qilmishidan mahalladoshlari ham yoqa ushlab qoldi, deb yozmoqda O`zA.

Ayni paytda F. Sotiboldievga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1