AsosiyJinoyat

Xonadondagi o`g`irlikni yollanib ishlovchi ayollar sodir etgani aniqlandi

'Xonadondagi o`g`irlikni yollanib ishlovchi ayollar sodir etgani aniqlandi'ning rasmi

2018 yil 15 noyabr kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi M.T. (ismli ayol) IIBga murojaat qilib, shu yil 22 oktyabrdan 23 oktyabrgacha bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxs uning xonasidan zargarlik buyumlari va taqinchoqlarini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilgan.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni M.T.ning uyida yollanib ishlovchilar, Olmazor tumanida yashovchi F.K. (ismli ayol) va uning qizi Z.K.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar