Yangiyo`lda yo`lovchi haydovchining puli va telefonini o`g`irladi

Jinoyat 09.01.2019, 23:58
Yangiyo`lda yo`lovchi haydovchining puli va telefonini o`g`irladi

Toshkent viloyati Yangiyo`l shahrida yo`lovchi haydovchining puli va telefonini o`g`irladi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, Yangiyo`l tumanida yashovchi fuqaro A.Ya ichki ishlar bo`limiga murojaat qilib, joriy yil 1 yanvar kuni noma`lum shaxs Yangiyo`l shahridagi “Aristokrat“ kafesi oldidan avtomashinasiga yo`lovchi sifatida o`tirganini va “Mezon” mahallasiga olib borib qo`yishini so`raganini, manzilga etgach esa haydovchidan gaplashib olish uchun qo`l telefonini so`rab olganini, shuningdek, haydovchining befarqligidan foydalanib, avtomashina g`aladonidan 500 ming so`m pulini olib, voqea joyidan yashiringanligini ma`lum qilgan.

Ushbu holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan ko`rilgan tezkor choralar natijasida, ushbu jinoyatni Yangiyo`l tumani Bahor mahallasida yashovchi fuqaro A.A sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.A ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1