1

Yangi yil kechasi Yangier qishlog`ida noxush hodisa​ yuz berdi

Jinoyat 15.01.2019, 12:00
Yangi yil kechasi Yangier qishlog`ida noxush hodisa​ yuz berdi

Yangi yil oqshomi – 2018 yilning 31 dekabr kunidan 2019 yilning 1 yanvar kuniga o`tar kechasi Navoiy viloyati Qiziltepa tumani “Varozun” mahalla fuqarolar yig`ini Yangier qishlog`ida noxush hodisa ro`y berdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Qiziltepa tumani IIB Tergov bo`linmasi katta tergovchisi katta leytenant E.Jo`raevning taqdim etgan ma`lumotlariga ko`ra, Varozun qishlog`ida yashovchi fuqaro A.U. yangi yil oqshomida Yangier qishlog`ida yashovchi ukasi J.P.ning xonadoniga mehmonga boradi. Mehmondorchilikda oldindan tanish bo`lgan Q.K. bilan tortishib qolishadi. Yangi yil kirib kelib, mehmonlar tarqagandan so`ng soat 00:10 larda A.U. Q.K.ni o`z uyining orqa tomonidagi ichki yo`lakda ushlab, unga tan jarohati etkazadi.

Aniqlanishicha, o`sha kecha Q.K.ning bosh va tana qismiga yog`och bo`lagi bilan bir necha marotaba zarba berilgan. Ekspertiza xulosasi Q.K.ga o`rtacha og`irlikdagi tan jarohati etkazilganini tasdiqlagan.

Ayni paytda mazkur holat bo`yicha A.U.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov jarayonlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1