1

Zargarlik do`konida firibgar ayol pul o`rniga gazeta bo`laklarini berib, g`oyib bo`lgan

Jinoyat 17.01.2019, 14:42
Zargarlik do`konida firibgar ayol pul o`rniga gazeta bo`laklarini berib, g`oyib bo`lgan

Toshkent shahrida navbatdagi firibgarlik holati qayd etildi.

Ma`lum bo`lishicha, 4 yanvar kuni soat 12.30 da 14.00 gacha bo`lgan vaqt ichida Oloy bozoridagi zargarlik do`konlaridan birining yonida noma`lum ayol 57 yoshli Muhabbat N.ning ishonchiga kirib, aldov yo`li bilan jabrlanuvchidan qiymati 13 500 AQSh dollariga teng bo`lgan sariq metalldan tayyorlangan zargarlik buyumlarini olgan.

Ushbu buyumlarning evaziga notanish ayol jabrlanuvchiga konvert berib, uning ichida 30 ming AQSh dollari borligiga ishontirgan. Aslida esa konvertning ichiga gazeta qog`ozining qirqilgan bo`laklari joylangan edi.

Shundan so`ng noma`lum ayol zargarlik do`koniga kirib, uni boshqa eshikdan tark etgan.

IIBB xodimlari tomonidan ko`rilgan choralar natijasida, gumonlanuvchi, Samarqand viloyatida yashovchi 53 yoshli Inobat A. qo`lga olindi. Unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi 4 qismi (“Firibgarlik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1