2019 yil 1 fevralga o`tar kechasi noma`lum shaxs Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida joylashgan fermer xo`jaligi dala maydonidan “Chamanzor” MFYda yashovchi P.Q.ga tegishli 24 bosh qo`ylarni o`g`irlab ketgan.
Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni “Mirishkor” MFY Shirin mahallasida yashovchi M.X. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






