Xorazm viloyatida paxta tozalash korxonalari omborlarida 2018 yil mavsumidan ortib qolgan dorilangan, sara urug`lik chigitidan 158 tonnasi saqlash qoidalariga rioya etilmagani oqibatida zararkunandalar bilan zararlangan. Qiymati 539,8 million so`m bo`lgan urug`lik yaroqsiz bo`lib qolgan. Bu bilan davlat va jamiyat manfaatlariga ko`p miqdorda zarar etkazilgan.
Ushbu holat Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyaning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan hududdagi 3 ta paxta tozalash korxonasida urug`lik chigitlarining sifatli saqlanishi yuzasidan o`tkazilgan tekshirish jarayonida aniqlangan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko`ra, mazkur holatlar yuzasidan paxta tozalash korxonalarining mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






