AsosiyJinoyat

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy saqlanayotganligi aniqlandi

'Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy saqlanayotganligi aniqlandi'ning rasmi

Bojxona xodimlari respublikamizga sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy olib kirilishi holatlariga o`z vaqtida chek qo`yishmoqda.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda Yangiqo`rg`on tumanida tezkor tadbir o`tkazdi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tadbirda Yangiqo`rg`on tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S.Z.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi.

Natijada, ushbu xonadonda noqonuniy saqlanayotgan, xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o`tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo`lmagan umumiy qiymati 90 million so`mlik 15 070 qadoqdagi dori-darmon vositalariborligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar