Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirokida Qonunchilik palatasining birinchi yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.
Dastavval, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Spikeri va uning o`rinbosarlari saylab olindi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Parlamentga murojaati eshitildi.
Deputatlar so`zga chiqdi.
Shundan so`ng, davlat rahbari deputatalardan: "Tayyorgarliksiz biror takliflar bo`lsa aytinglar, bo`lmasa xozir spiker yig`ilishni yopadi, keling, hech qanday rasmiy nutqsiz, o`tirgan o`rningizdan erkin muloqot qilamiz, menga qanday taklif yoki savollaringiz bor?" — deya taklif bildirdi.
Milliy Tiklanish partiyasi rahbari Alisher Qodirov so`zga chiqdi. U o`z nutqida ilk deputatlik darlarining bugundan farqi va bu galgi saylov haqida gapirdi.
“Biz bu safar bo`lib o`tgan saylovda g`olib bo`lishimiz kerak edi, biroq ozgina taktik xatolikka yo`q qo`ydik. Bu esa boshqa partiyalarga qo`l keldi. Agar keyingi safar g`olib bo`lsak, partiyamiz oldiga belgilab qo`ygan kattadan-katta maqsad va harakatlarimizni umuman boshqacha kuch va shijoat bilan amalga oshiramiz”, dedi deputat.






