AsosiyJamiyat

TIV yanvar oyida Uxandan qaytib kelgan o`zbekistonlik talabalarni zudlik bilan aloqaga chiqishlarini so`ramoqda

'TIV yanvar oyida Uxandan qaytib kelgan o`zbekistonlik talabalarni zudlik bilan aloqaga chiqishlarini so`ramoqda'ning rasmi

O`zbekistonning Pekin shahridagi Elchixonasi va Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi ma`lumotlariga ko`ra, 2020-yil 25-yanvar kuni koronavirus tarqalishi sababli, Xitoy hukumati mamlakatning 1,2 milliard kishi istiqomat qiladigan 25 ta provinsiyasi, markazga bo`ysunadigan shaharlari va maxsus ma`muriy hududlarida sog`liqni saqlash bo`yicha eng yuqori darajadagi favqulodda vaziyatni joriy etdi. Bu haqda TIV ma`lum qilmoqda

Xubey provinsiyasining 15 dan ortiq shaharlarida maxsus karantin choralari joriy etilgan: transport vaqtincha to`xtatilgan, vokzallar va aeroportlar ishlamayapti. Pekin shahrida 30 dan ortiq kishi ushbu kasallikni yuqtirgan bo`lib, u erda aksar diqqatga sazovor joylar, teatrlar, muzeylar, shu jumladan Taqiqlangan shahar yopilgan.

Elchixona Xitoyda bo`lib turgan yoki mamlakatga turizm va boshqa maqsadlar uchun tashrif buyurmoqchi bo`lgan O`zbekiston fuqarolariga barcha xavf-xatarlarni inobatga olish va barcha ehtiyot choralarini ko`rishni tavsiya qiladi.

Elchixona yanvar oyida Uxandan vatanga qaytib kelgan o`zbekistonlik talabalarni zudlik bilan O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan +998909882330 (direktor o`rinbosari B.Qurbonov), +998972755074 (bosh mutaxassis F.Qurbonbekov) telefon raqamlari orqali bog`lanishni qat`iy tavsiya qiladi.

Tashqi ishlar vazirligi Xitoy hududidagi O`zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda istalgan vaqtda mamlakatimizning Pekin shahridagi Elchixonasiga (tel.: +86 135-1102-4242 Bobur Yaxyayev, +86 139 1175-4476 Shuxrat Umirov) hamda Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel.:+86 131-2255-5772, Aziz Ulug`bekov) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tadi.

Mavzuga oid:

  • Kasallik Xitoy chegarasidan chiqib, boshqa davlatlar hududlariga ham tarqalmoqda — SSV.
  • Xitoydagi xavfli virus AQShda ham aniqlandi
  • Xitoyda virus tarqalishini tekshirayotgan shifokorning o`zi ham kasallikni yuqtirib oldi
  • Xitoyda aniqlangan noma`lum virus dunyo ahlini vahimaga solmoqda (Video)
  • TIV O`zbekiston fuqarolari va xorijda bo`lib turgan hamyurtlarimizni ogohlantiradi
  • Koronavirus: jabrlanganlar soni ortmoqda. Bu O`zbekiston uchun qay darajada xavfli?
  • Uxan shahri yopildi. U erda 30dan ortiq o`zbekistonlik borligi aytilmoqda
  • Tojikiston va Xitoy o`rtasidagi aviaparvozlar to`xtatildi
  • Koronavirus hali vaksinasi topilmagan kasallik. U haqda nimalarni bilish kerak?
  • Xitoyda ommaviy tadbirlarni o`tkazilishi bekor qilindi
  • Xitoyning Xubey viloyatida yana to`qqizta shahar yopildi
  • O`zbekistonda Xitoyda tarqalgan koronavirusdan saqlanish uchun qanday choralar ko`rilmoqda?
  • KORONAVIRUS: Qirg`iziston cheklov e`lon qildi

    Boshqa yangiliklar