AsosiyJamiyat

Kattaqo`rg`onda "svet" o`chgani sabab sodir bo`lgan hodisaga aniqlik kiritilmoqda

'Kattaqo`rg`onda "svet" o`chgani sabab sodir bo`lgan hodisaga aniqlik kiritilmoqda'ning rasmi

Avvalroq, Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida elektr tarmog`idagi uzilishlar sabab tadbirkorning issiqxonasidagi chet elga eksport qilinadigan sabzavotlar nobud bo`lgani, ko`rilgan zararning taxminiy miqdori 35 ming AQSh dollari ekanligi va  zarar ko`rgan tadbirkorga etkazilgan zarar undirib beriladigan bo`ldi, deya xabar qilingan edi.

Endilikda “Kattaqo`rg`on Valijon parranda” MChJ hamda “Murodulla bobo” fermer xo`jaliklaridagi hodisaga aniqlik kiritilmoqda, deya xabar bermoqda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot xizmati.

Ijtimoiy tarmoqlar hamda qator axborot saytlarida  Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida “Kattaqo`rg`on Valijon parranda” MChJ raisi M. Ulug`murodovga tegishli issiqxona 2020 yil 18 noyabrdan 19 noyabrga o`tar kechasi tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 6 soat mobaynida elektr energiyasidan uzib qo`yilishi oqibatida 1 gektar maydonga ekilgan pomidor muzlab qolishi oqibatida 231 million so`m zarar ko`rgani bayon etilib, Kattaqo`rg`on tumani prokuraturasiga murojaat kiritgani ma`lum qilindi. 

Shuningdek, mazkur tumandagi “Murodulla bobo” fermer xo`jaligi rahbari F. Nasrullaev issiqxonasidagi 1 gektar maydondagi pomidor va 1 gektar erdagi bodring ko`chatlari va hosilining muzlab qolishi oqibatida 823 million so`m moddiy zarar ko`rganligi haqidagi xabar ham turli saytlar orqali yoritildi.

Mazkur holat bo`yicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassis xodimlari joylarga chiqib o`tkazgan o`rganishlar tahlillari bo`yicha quyidagilarni ma`lum qiladi. Aniqlanishicha, 2020 yil 18 noyabrdan 19 noyabr kuniga o`tar kechasi “Anxor” nimstasiyasidan chiquvchi T-1dan F-Uchkunni-1-OD-T-110 - yuqori kuchlanish liniyasida sodir bo`lgan nosozliklar tufayli mazkur hududlarda elektr energiyasi ta`minoti vaqtinchalik to`xtatilgan.  

Ma`lumki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan elektr energiyasidan foydalanish bo`yicha tegishli hujjat to`plamlari ishlab chiqilgan bo`lib, bugungi kunda amaliyotda keng qo`llanib kelinmoqda. Ushbu holatda “Kattaqo`rg`on Valijon Parranda” MChJ va “Murodulla bobo” fermer xo`jaliklari elektr enegiyasiga ulanishga doir hujjatlarga amal qilmaganligi sababli ekilgan pomidor va bodring ko`chatlarining bir qismi zarar ko`rgan.  

Yuqori kuchlanish liniyasida sodir bo`lgan nosozliklarni bartaraf etish ishlarida “Qoradaryo tuman ETK” xodimlari yaqindan ko`mak berib,  ta`mirlash ishlari tungi soat 02:15 gacha nihoyasiga etkazilgani va iste`molchilar elektr energiyasiga qayta ulanganini qayd etib o`tish joiz.

Shuningdek, o`rganishlar davomida ma`lum bo`lishicha, yuqoridagi fermer xo`jaliklari bilan yonma-yon hududda joylashgan “Moralny Invest” xususiy tadbirkor issiqxonasida ham, tabiiyki, elektr energiyasida uzilish bo`lgan, biroq korxona rahbariyati tomonidan elektr enegiyasiga ulanishga doir hujjatlar talablariga rioya qilinganligi sabab, 4 gektar maydonga ekilgan pomidor ko`chatlariga zarar etmasdan saqlab qolingani korxona rahbari tomonidan ma`lum qilingan.

Eslatib o`tamiz, qashqadaryolik tadbirkorning chiroq o`chishi oqibatida 5000 dan ortiq parrandasi nobud bo`lgani va buning zararini kim qoplashi yuzasidan deputatlar izohi ham xabar qilingan edi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar