AsosiyJamiyat

Buxoroda 29 yoshli ayol va uning ikki farzandi is gazidan zaharlanib, vafot etdi

'Buxoroda 29 yoshli ayol va uning ikki farzandi is gazidan zaharlanib, vafot etdi'ning rasmi

2020 yil 23 dekabr kuni soat taxminan 14:00larda Kogon shahar “Xo`jabargi” MFY, Farovonlik ko`chasi, 120-uyda fuqaro N.Q. hamda uning voyaga etmagan farzandlari S.S. va B.X.larning tan jarohatlarsiz jasadi aniqlandi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi. 

O`lim sabablarini aniqlash maqsadida o`tkazilgan sudga oid tibbiyot ekspertizalarning dastlabki xulosasiga ko`ra, N.Q., uning varzandlari S.S. va B.X.larning o`limi is gazidan zaxarlanishdan hosil bo`lgan nafas va yurak qon tomiri etishmovchilikdan kelib chiqqan. 

Shuningdek, ma`lum qilinishicha, Kogon tuman gaz ta`minoti bo`limi va Yong`in xavfsizligi hududiy bo`lim xodimlarining harakatlari bo`yicha xizmat tekshiruvlari tayinlandi. 

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi va tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Jinoyat ishi bo`yicha ishga aloqador bo`lgan N.Q.ning qarindoshlari, qo`shnilari, ishlab kelayotgan muassasa xodimlari, Kogon tuman gaz ta`minoti bo`limi va Yong`in xavfsizligi hududiy bo`lim xodimlari guvoh tariqasida so`roq qilindi. 

“Sanoatkontexnazorat” hududiy bo`limiga texnika xavfsizli qoidalariga rioya qilinganligi yoki yo`qligi bo`yicha ekspertiza tayinlandi, deyilgan taqdim etilgan ma`lumotda. 

Eslatib o`tamiz:

2020 yil 6 noyabr kuni Sirdaryoda yosh kelin-kuyov is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etishdi.

30 oktyabr kuni Navoiyda kollej o`quvchisi bo`lgan aka-uka uyida is gazidan zaharlanib vafot etdi.

Shuningdek, oktyabr oyida nikoh to`yiga ikki kungina bo`lgan yosh kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bir necha kun avval esa Nukusda ijarada yashayotgan 4 nafar talaba, Yangiyo`lda esa bir oila is gazidan zaharlandi.

25 noyabr kuni Sirdaryoda ayol va uning 3 farzandi is gazidan zaharlanib vafot etgan. 9 dekabr kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi Xo`jayli tumanida 6 kishi is gazidan zaharlanib, vafot etgan. 13 dekabrda Navoiy viloyatida 13 yoshli qiz ham is gazi qurboni bo`ldi. Bir necha kun avval esa Jizzaxda 19 yoshli yigit is gazidan zaharlani vafot etgani xabar qilingan edi. 

Mavzuga doir:

Qarshidagi yotoqxonada 13 nafar o`smirning is gazidan zaharlanishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi — Bosh prokuratura

Yangiyo`ldagi uyda gazdan portlash sodir bo`ldi, xonadon sohiblari vayronalar tagida qolib ketib, vafot etdi

2020 yilda is gazidan qancha fuqaro vafot etgani ma`lum qilindi

    Boshqa yangiliklar