Prezident Shavkat Mirziyoev Farg`onada bo`lib o`tgan navbatdan tashqari sessiyada Jizzaxdagi qulab tushgan ko`p qavatli bino "ishi"ga ham to`xtalib o`tdi.
"Mana Jizzaxda uy qulab tushdi. Ichida odamlar bo`lganida nima bo`lardi? Bu tadbirkorning puliga qurilgan, deydi. U o`zining puliga qurmagan, bankdan kredit olib qurgan. Jizzax hokimining qurilish bo`yicha o`rinbosari qamaldi. Saliev qaerga qaragan?" — dedi Prezident.
Eslatib o`tamiz, Jizzaxda qulagan "dom" bo`yicha viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mansabdorlariga jinoyat ishi ochilgan. Shuningdek, qulagan binoning yonidagisi ham omonat turgani ma`lum bo`lgan edi.
Prezidentning Farg`onaga tashrifi bilan bog`liq boshqa yangiliklar:
2 tadbirkor ayolning Prezidentga murojaati butun tuman muammosini hal etadigan bo`ldi
“Men undan roziman” — Prezident Shuhrat G`anievdagi hurmatga sazovor jihatlarni aytdi
Prezident Quva, Yozyovon, O`zbekiston tumani hokimlari va ba`zi sektor rahbarlarini ishdan oldi
“Jinoyatchilarni ismi, otasini ismi bilan televidenieda fosh etish kerak” - Prezident






