Sog`liqni saqlash tizimidagi islohotlar muhokamasiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida Prezident Shavkat Mirziyoev onalar va bolalar salomatligi masalalariga ham e`tibor qaratdi, deya xabar bermoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.
Basitxonova onalar va bolalarni xavf guruhlariga ajratib, ular bilan manzilli ishlarni tashkil etishga mas`ul.
Yig`ilishda keltirilgan ma`lumotlarga ko`ra, 26 ta tuman va shahardagi xatlovda:
- 242 ming nafar (umumiy bolalar sonining 15 foizi) tez-tez kasal bo`ladigan va surunkali kasalligi bor bolalar aniqlangan.
- Sog`lom turmush tarziga amal qilmaydigan, ortiqcha vaznga ega bo`lgan, noto`g`ri ovqatlanadigan 352 ming nafar (20 foiz) bolalar aniqlangan.
- Bolalar o`rtasidagi surunkali kasalliklarning 60 foizi noto`g`ri ovqatlanishdan kelib chiqmoqda.
“Bolalarda kasalliklarni aniqlash uchun, ommaviy tibbiy ko`riklardan voz kechib, har bir hududning xususiyatlari, kasalliklar dinamikasidan kelib chiqib, maqsadli skrininglarni yo`lga qo`yish kerak. Misol uchun, Qoraqalpog`iston va Xorazmda endokrin va buyrak kasalliklari, Qashqadaryo va Surxondaryoda oshqozon-ichak kasalliklari va kamqonlik, Buxoro va Navoiyda nafas yo`li kasalliklari bo`yicha bolalar o`rtasida manzilli skrining tadbirlari o`tkazilishi lozim. Buning uchun viloyatlarda Perinatal va Skrining markazlari yagona klaster sifatida birlashtiriladi va tumangacha tushadigan bo`g`in tashkil etiladi”, dedi Prezident.
Mavzuga doir:
Prezident tibbiyot sohasidagi 70 foiz muammolarga echim haqida gapirdi
O`zbekistonda aholi jon boshiga dori-darmon uchun ajratilayotgan mablag` 3 baravarga oshiriladi
Prezident “Qishloq shifokori” dasturi sust olib borilayotganini tanqid qildi
Hududlarda turli tibbiyot yo`nalishlaridagi markazlar tashkil etiladi






