Bugungi videoselektor yig`ilishida prezident Shavkat Mirziyoev parrandachilik, suv tanqisligi va omuxta-em masalasiga ham e`tibor qaratdi.
“Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning ma`lum qilishicha, Surxondaryoda boshlangan tajriba asosida, aholi xonadonlarida parranda (tovuq, kurka, o`rdak, g`oz) etishtirishga tuman sektor rahbarlari shaxsan mas`ul bo`ladi. Bunda, tuman hokimlari ikki oy muddatda xususiy sheriklik asosida har bir sektorda kamida 1 tadan mini-inkubator, mahsulotlarni saqlash uchun muzlatkichlar tashkil etsin.
Bundan tashqari:
- Joriy yilda suv tanqisligini inobatga olib, quduq qazishga 200 milliard so`m ajratiladi;
- Mas`ullar ikki oy muddatda ushbu mablag`lar hisobidan kamida 10 ming gektar erni ozuqa-em etishtirishga moslashtirishga mas`ul bo`ladi.
Mavzuga doir:
Ishsiz aholi va yoshlarga erni ijaraga bergan klaster hamda fermerlar soliqdan ozod qilinadi
Bozordagi narx-navoni barqaror ushlab turish, bu – tadbirkorlarni majburlash, ularga mahsulotini past narxlarda sottirish, degani emas — Prezident






