Avvalroq, Yulduz Usmonovani Qoraqalpog`iston xalqi sudga bergani, xonanda betobligi sabab sudga bormagani haqida xabar bergan edik. Shundan so`ng Yulduz Usmonovaning sudi bo`yicha Toshkent shahar sudlari rasmiy bayonot bilan chiqqan edi.
Unga ko`ra, 2021 yil 15 iyun kuni fuqarolik ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudining ish yurituviga da`vogar Tajimuratov Dauletmurat Mirzamuratovichning javobgar Usmonova Yulduz Ibragimovnaga nisbatan sha`n-qadr qimmatga etkazilgan zararni qoplash to`g`risidagi kelib tushgan arizaga ko`ra, tayinlangan galdagi sud majlisi VKA rejimida ko`rilishi 2021 yil 23 iyul soat 15:00 ga qoldirilgandi.
Toshkent shahar sudlarining ma`lum qilishicha, 2021 yil 23 iyul kuni Oliy sudning VKA rejimi orqali respublika miqiyosida sudyalar faoliyatining 2021 yil 1-yarim yillik yakuni bo`yicha yig`ilishi o`tkazilgan.
Shunga ko`ra, da`vogar Tajimuratov Dauletmuratning javobgar Usmonova Yulduzga nisbatan sha`n-qadr qimmatga etkazilgan zararni qoplash to`g`risidagi da`vo arizasi bo`yicha 2021 yil 23 iyul soat 15:00 ga tayinlangan VKA rejimida ko`rilishi rejalashtirilgan ish boshqa kunga qoldirilgan.
Sud majlisining muhokamasi bugun – 29 iyul soat 15:00 ga VKA rejimida FIB Nukus tumanlararo sudi ishtirokida ko`rilishi tayinlangan bo`lib, taraflarga telefonogramma orqali xabar berilgan.
2021 yil 29 iyul kuniga tayinlangan sud majlisi da`vogar Tajimuratov Dauletmuratning ishni ko`rmasdan qoldirish haqidagi arizasi sudga kelib tushganligi sababli uning javobgar Usmonova Yulduzga nisbatan sha`n-qadr qimmatga etkazilgan zararni qoplash to`g`risidagi arizasi O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik prosessual kodeksining 122-moddasi 9-bandiga asosan ko`rmasdan qoldirildi va bu haqda sudning shu kundagi ajrimi e`lon qilindi.