Toshkentlik ko`cha san`ati rassomi Inkuzartning bu galgi ijod mahsuli dunyo diqqat markaziga va insoniyat muammosiga aylangan Ukraina-Rossiya munosabatlariga bag`ishlandi.
Toshkentdagi dekvorlardan birida Putin va Zelanskiyni umumiy bitta surati paydo bo`ldi. Surat bitta bo`lsa-da, ikki tomondan ikki shaxsni qiyofasini gavdalantirgan.
"Kim haq yoki nohaq, qaysi tomonga qarashga bog`liq", - deya suratga izoh bergan muallif.
Eslatib o`tamiz, ko`plab dolzarb mavzularni o`z suratlarida ko`tarib chiquvchi Inkuzartning bundan avvalgi ijodi korrupsiya masalasiga bag`ishlanib, surat jamoatchilik orasida ommalashib ketgangan edi. Shuningdek, sal avval muammoga aylangan shakar ham ko`cha rassomi ijodida aks etgan.






