AsosiyJamiyat

Rossiyadagi O`zbekiston fuqarolari ogohlantirilmoqda

'Rossiyadagi O`zbekiston fuqarolari ogohlantirilmoqda'ning rasmi

Bugun ertalab Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda harbiy safarbarlikni e`lon qilgach,  ba`zi faollar rossiyaliklarni davlat rahbarining ushbu farmoniga qarshi norozilik namoyishlarini o`tkazishga chaqirgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Shu munosabat bilan, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi O`zbekiston fuqarolarini ogohlantirmoqda. 

Agentlik ushbu davlatda bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolaridan bunday ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikni, Rossiya Federasiyasi qonunlariga rioya etishni va odamlar ko`p to`planayotgan joylarga bormaslikni so`ramoqda. 

Eslatilishicha, bu kabi rasman ruxsat berilmagan tadbirlarda qatnashish chet el fuqarolari uchun Rossiya Federasiyasi qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortilish yoki davlatdan majburiy chiqarib yuborishga olib kelishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar