AsosiyJamiyat

"Asl sababchilar hamon parda ortida, agentlik rahbari bir ijrochi edi xolos". Kusherbaev Farmagentlik rahbarining ishdan olinganiga munosabat bildirdi

'"Asl sababchilar hamon parda ortida, agentlik rahbari bir ijrochi edi xolos". Kusherbaev Farmagentlik rahbarining ishdan olinganiga munosabat bildirdi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, "Dok-1 Maks" dorisi sabab sodir bo`lgan bolalarning ommaviy o`limi ortidan Prezident Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi rahbarini ishdan oldi. Mazkur qaror yuzasidan deputatlik faoliyatini yakunlagan jamoatchilik faoli Rasul Kusherbaev munosabat bildirdi

"Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligini eng yirik byurokratik idoralardan biri, deyish mumkin. Har qalay shuncha yillik tajribam menda shunday taassurot qoldirgan.  

Agentlik rahbarining ishdan olinishi muammoni to`liq hal etmaydi albatta. Biroq hozirgi vaziyatda bundan ortiq progressiv qaror yo`q.

Bizningcha, muammoning asl sababchilari hamon parda ortida. Agentlik rahbari bir ijrochi xolos.  

Shu bois, tergov harakatlari parda ortidagi asl buyurtmachilarni ham fosh etadi, degan umiddamiz", - deya fikr bildirgan Kusherbaev. 

Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda  "Dok-1 Maks" dori vositasidan bolalar o`rtasidagi o`lim holatlarining aniqlangan edi. Shundan so`ng SSV O`zbekistonda "Dok-1 Maks" dori vositalarini dorixonalardan qaytarib olishni boshladi  va  sirop ishi bo`yicha o`rganish natijalarini e`lon qildi. 

Hozircha, dorining salbiy ta`siri oqibatida vafot etgan bolalar soni 20 nafarga etgan. 

Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boshqarmasi tomonidan “Quramax medical” MChJ hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186-3 moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi shaxslar DXX Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Ushbu voqealar ortidan Qirg`izistonda ham  “Dok-1 Maks” dori vositalarini sotish taqiqlandi. 30 dekabrdan boshlab esa Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan O`zbekistondagi barcha dori vositalarining savdosi to`xtatildi.

Boshqa yangiliklar