AsosiyJamiyat

Bugun “QURAMAX MEDIKAL” MChJning lisenziyasi bekor qilinib, uning dorilari yo`q qilinishi belgilandi

'Bugun “QURAMAX MEDIKAL” MChJning lisenziyasi bekor qilinib, uning dorilari yo`q qilinishi belgilandi'ning rasmi

Bugun, 13 yanvarda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan “QURAMAX MEDIKAL” MChJga farmasevtika faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan 2019 yil 10 dekabrdagi P6580-sonli lisenziya bekor qilinishi va qo`llash uchun yaroqsiz dori vositalari muomaladan chiqarilib, yo`q qilinishi belgilandi.

Qayd etilishicha, mazkur iqtisodiy ish bo`yicha taraflar e`lon qilingan hal qiluv qarori ustidan  qonunchilikda belgilangan tartib va muddatda shikoyat qilish mumkin.

Sudning huquqiy ta`sir chorasini qo`llash to`g`risidagi ish bo`yicha ushbu hal qiluv qarori, agar apellyasiya shikoyati (protesti) berilmasa, qabul qilinganidan keyin o`n kun o`tgach qonuniy kuchga kiradi.

Shuningdek, mazkur iqtisodiy ishga doir vakolatli idora va mansabdor shaxslarning xatti-harakati yoki harakatsizligi yuzasidan qonun talablari buzilganligi bo`yicha huquqiy baho berish haqida xususiy ajrim chiqarilib, Toshkent shahar prokuraturasiga yuborilishi belgilandi. Ushbu ajrim ustidan belgilangan tartibda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.

Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda  "Dok-1 Maks" dori vositasidan bolalar o`rtasidagi o`lim holatlari aniqlangan edi. Shundan so`ng SSV O`zbekistonda "Dok-1 Maks" dori vositalarini dorixonalardan qaytarib olishni boshladi  va  sirop ishi bo`yicha o`rganish natijalarini e`lon qildi. 

Hozircha, dorining salbiy ta`siri oqibatida vafot etgan bolalar soni 21 nafarga etgan. 

Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boshqarmasi tomonidan “Quramax medical” MChJ hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186-3 moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi shaxslar DXX Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Ushbu voqealar ortidan Qirg`izistonda ham  “Dok-1 Maks” dori vositalarini sotish taqiqlandi. 30 dekabrdan boshlab esa Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan O`zbekistondagi barcha dori vositalarining savdosi to`xtatildi.

Toshkentda ham o`nlab bola "Dok-1 Maks, Sinepar Kid, Ambronol..." Yana 10 ga yaqin bola Toshkentdagi 16-shifoxonaga yotqizilgani xabar qilindi.

Bundan tashqari, 5 yanvar kuni Toshkent viloyatida ham 4 nafar bola ushbu dorining iste`molidan kasallanib, davolanayotgani xabar qilingandi.

Hindiston Uttar-Pradesh oziq-ovqat xavfsizligi va dori vositalarini boshqarish departamenti "Dok-1 Maks" dorisini ishlab chiqaruvchi Marion Biotech Pvt. Ltd kompaniyasining lisenziyasini to`xtatdi. 

 

    Boshqa yangiliklar