AsosiyJamiyat

⚡️ Jurnalist Lolagul Kallixanova ozodlikka chiqarildi, Tajimuratov esa 16 yilga qamaldi

'⚡️ Jurnalist Lolagul Kallixanova ozodlikka chiqarildi, Tajimuratov esa 16 yilga qamaldi'ning rasmi

Bugun, 31 yanvar kuni Buxoro viloyati sudi binosida 1−2 iyuldagi Nukus voqealarida ayblanayotgan 22 nafar sudlanuvchiga nisbatan hukm o`qib eshittirilmoqda.

Sudya Elubay Abibullaev  jurnalist Lolagul Kallixanova oqlangani va shu zahoti sud zalidan ozodlikka chiqarilishini ma`lum qildi, deb xabar berdi "Gazeta.uz".

Shuningdek, Nukus voqealari bo`yicha sudda gumondorlar Azamat Nuratdinov va Axmet Smetullaev ham oqlandi va shu zahoti sud zalidan ozodlikka chiqarildi.

Davletmurat Tajimuratov esa16 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U uyushgan guruh tashkil qilib, Qoraqalpog`iston Respublikasining amaldagi hukumatini ag`darib, o`zini Jo`qorg`i Kenges raisi lavozimiga tayinlash maqsadida joriy yilning 1-2 iyul kunlari ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda ayblangandi.

Eslatib o`tamiz, sal avval Nukus voqealari bo`yicha sudlanuvchilardan biri Lolagul Kallixanovaga 11 yil, asosiy aybdor Tajimuratovga 18 yil qamoq jazosi so`ralgan edi va Kallixanova boshqa sudlanuvchilar uchun ham qamoqda o`tirib berishga roziligini bildirgan edi. 

    Boshqa yangiliklar