Davlat soliq qo`mitasi raisi o`rinbosari Abdulla Azizov soliq qo`mitasiga eng ko`p shikoyat qaysi soha vakillaridan tushayotganini ma`lum qildi.
Abdulla Azizov ishonch telefonlari va call markazi ishlab turganini ta`kidladi. Rais o`rinbosarining ma`lum qilishicha, markazga qo`ng`iroqlar bo`lmoqda va xodimlar murojaatchilarning savollariga javob bermoqdalar. Ma`lum bo`lishicha eng ko`p shikoyatlar viloyatlarga qatnovchi taksichilar ustidan tushmoqda.
“Hurmatli taksi haydovchilari insofli bo`lib, talabalar o`qishlari to`xtatilib uyga qaytayotganlaridan foydalanib, narxlarni ko`tarmanglar”, deb yozadi Abdulla Azizov o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Shuningdek, blogerlar kanallarida ham viloyatlarga ketadigan taksi narxlarining birdan ko`tarilishi odamlar noroziligiga sabab bo`layotgani aytilmoqda. Xususan:
"Otning o`limi itning bayrami degan gap sizlarga aytilgan.
Mamlakatda e`lon qilingan cheklovlar tufayli narxni uch baravar ko`targan vijdoningiz xayf.
Fuqarolar uyiga qaytyapti. Bayramga ketayotgan yo`q.
Shuni bildimki, yurtni sotib ketishingizga ham shubha yo`q.
Barchangizga qonuniy chora ko`rilishi uchun barcha mutasadlilarga murojaat qilaman", — deyiladi Muxbir Daliev kanalida.
Eslatib o`tamiz:
Ӯzbekistonda koronavirus bilan kasallangan odam aniqlandi. Bemor Fransiyadan kelgan;
Soat 13.00 da Bosh vazir boshchiligida koronavirus mavzusiga bag`ishlangan brifing bo`ldi;
Koronavirus aniqlangan o`zbekistonlik ayol bilan birga 48 yo`lovchi Parijdan uchib kelgani aniqlandi;
16 martdan O`zbekistonda bog`cha, maktab va OTMlar koronavirus sabab karantinga yopiladi;
Koronavirus sababli O`zbekistonda barcha diniy marosimlar vaqtincha cheklandi;
Toshkentdan viloyatlarga qaytadigan talabalarga temir yo`llari va samolyotlarda 50% chegirma beriladi;
Ta`lim muassasalari yopilishi munosabati bilan ta`til paytida telekanallarda o`quv dasturlari yo`lga qo`yiladi;
O`zbekistonda tibbiyot niqoblarini ishlab chiqarish o`n barobarga oshirildi;
1003 raqami orqali koronavirus haqida ma`lumot olish mumkin bo`ldi;
Koronavirus aniqlangan o`zbekistonlik ayol shifokor bo`lgani aniqlandi;
Aholi orasida vahimali ma`lumotlarni tarqatganlar jarima yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
Koronavirus sabab Yulduz Usmonovaning konserti to`xtatildi;
O`zbekistonda koronovirus infeksiyasi va unga qarshi choralar bo`yicha axborot beruvchi rasmiy kanal ochildi;
Million jamoasining konserti ham qoldirildi;
Barcha sayyohlar tartib bilan o`z vataniga qaytariladi;
O`zbekistonda qayd etilgan koronavirus bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi;
16 mart kuni Uzbekistan Airways bir qator davlatlarga yakuniy qatnovlarni amalga oshiradi (ro`yxat);
Senat O`zbekiston xalqidan vahima qilmasdan sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilishni so`ramoqda;
Qozog`istonda favqulodda holat joriy etildi. TIV u erdagi hamyurtlarimizni ogohlantirmoqda;
Birorta bozor, birorta savdo do`koni, birorta ovqatlanish shoxobchasi yopilishiga yo`l qo`yilmaydi, narxlar nazoratga olinadi — DSQ raisi;
O`zbekistonda koronavirus sababli ta`tilga chiqarilgan o`quvchilarga uyda qanday mashg`ulotlar qilishlari haqida Vazirlik tavsiya berdi;
Talabalar 16 martdan ikki hafta (hozircha) ta`tilga chiqariladi;
Talabalar vokzalga kelmasdan, talabalar shaharchasining o`zida chipta olishlari mumkin;
“Uzautotrans service” korxonasi qo`shimcha qatnovlarni yo`lga qo`ydi;
O`zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 4 nafarga etdi;