AsosiyJamiyat

"Qo`yliq"da taksilar narxlari bo`yicha nazorat o`tkazildi, endi vodiyga ketish narxi 50-80ming tarofida

'"Qo`yliq"da taksilar narxlari bo`yicha nazorat o`tkazildi, endi vodiyga ketish narxi 50-80ming tarofida'ning rasmi

Avalroq, O`zbekistonda aniqlangan koronavirusi sabab viloyatlarga jo`anaydigan taksi narxlari birdan ko`tarilib ketgani va bu jamoatchilik orasida katta norozichiliklarni keltirib chiqarayotgani haqida xabar qilgan edik. 

Transport vazirligining Toshkent shahar transport boshqarmasi va IIBB YXHB inspektorlari bilan birgalikda Toshkent shahridan respublikamiz viloyatlariga qatnovchi taksilarda yo`lkira narxlarining asossiz ravishda oshirib yuborilishining oldini olish bo`yicha tushuntirish ishlarini olib borishmoqd, deya ma`lum qildi Vazirlik Matbuot xizmati. 

“Qo`yliq” bozori yaqinida joylashgan avtoturargohda Toshkentdan vodiy viloyatlariga yo`nalishsiz taksi xizmatini ko`rsatuvchi haydovchilar o`rtasida targ`ibot va tushuntirish ishlari o`tkazildi. Bundan avval ijtimoiy tarmoqlarda aynan ushbu yo`nalishda faoliyat ko`rsatayotgan haydovchilar yo`lkira haqini 200 000 so`mgacha oshirib yuborganligi to`g`risida xabarlar tarqalgan edi.   

O`rganishlar davomida ayni damda Toshkent- Farg`ona yo`nalishida yo`lkira haqi 50 - 60 000, Toshkent-Qo`qon yo`nalishida 40-50 000, Toshkent - Namangan yo`nalishida 50 – 60 000, Toshkent- Andijon yo`nalishida esa 70-80 000 so`m atrofida ekanligi ma`lum bo`ldi.

Eslatib o`tamiz:


Ӯzbekistonda koronavirus bilan kasallangan odam aniqlandi. Bemor Fransiyadan kelgan;

 

Soat 13.00 da Bosh vazir boshchiligida koronavirus mavzusiga bag`ishlangan brifing bo`ldi;

 

Koronavirus aniqlangan o`zbekistonlik ayol bilan birga 48 yo`lovchi Parijdan uchib kelgani aniqlandi;

 

16 martdan O`zbekistonda bog`cha, maktab va OTMlar koronavirus sabab karantinga yopiladi;

 

Koronavirus sababli O`zbekistonda barcha diniy marosimlar vaqtincha cheklandi;

 

Toshkentdan viloyatlarga qaytadigan talabalarga temir yo`llari va samolyotlarda 50% chegirma beriladi;

 

Ta`lim muassasalari yopilishi munosabati bilan ta`til paytida telekanallarda o`quv dasturlari​ yo`lga qo`yiladi;

 

O`zbekistonda tibbiyot niqoblarini ishlab chiqarish o`n barobarga oshirildi;

 

1003 raqami orqali koronavirus haqida ma`lumot olish mumkin bo`ldi;

 

Koronavirus aniqlangan o`zbekistonlik ayol shifokor bo`lgani aniqlandi;

 

Aholi orasida vahimali ma`lumotlarni tarqatganlar jarima yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;

 

Koronavirus sabab Yulduz Usmonovaning konserti to`xtatildi;

 

O`zbekistonda koronovirus infeksiyasi va unga qarshi choralar bo`yicha axborot beruvchi rasmiy kanal ochildi;

 

Million jamoasining konserti ham qoldirildi;

 

Barcha sayyohlar tartib bilan o`z vataniga qaytariladi;

 

O`zbekistonda qayd etilgan koronavirus bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi;

 

16 mart kuni Uzbekistan Airways bir qator davlatlarga yakuniy qatnovlarni amalga oshiradi (ro`yxat);

 

Senat O`zbekiston xalqidan vahima qilmasdan sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilishni so`ramoqda;

 

Qozog`istonda favqulodda holat joriy etildi. TIV u erdagi hamyurtlarimizni ogohlantirmoqda;

 

Birorta bozor, birorta savdo do`koni, birorta ovqatlanish shoxobchasi yopilishiga yo`l qo`yilmaydi, narxlar nazoratga olinadi — DSQ raisi;

 

O`zbekistonda koronavirus sababli ta`tilga chiqarilgan o`quvchilarga uyda qanday mashg`ulotlar qilishlari haqida Vazirlik tavsiya berdi;

 

Talabalar 16 martdan ikki hafta (hozircha) ta`tilga chiqariladi;

 

Talabalar vokzalga kelmasdan, talabalar shaharchasining o`zida chipta olishlari mumkin;

 

“Uzautotrans service” korxonasi qo`shimcha qatnovlarni yo`lga qo`ydi; 

 

O`zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 4 nafarga etdi;

 

Bugun Toshkentdan viloyatlarga qo`shimcha poezd reysi tashkil qilinadi (ro`yxat va jo`nash vaqti);

 

Otning o`limi itning bayramimi? Yoxud eng ko`p shikoyat qaerdan bo`layotgani ma`lum qilindi;

 

O`zbekistonda barcha xalqaro aviaqatnovlar bekor qilindi;

 

Bolalarning bog`chaga kelmagan kunlari uchun to`lov qayta hisob-kitob qilinadi.

    Boshqa yangiliklar