Avvalroq, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi 32 yoshli erkak A.Yu. 22 yanvar, chorshanba kuni yashash uyidan mol o`g`rilaganlikda gumon qilinib, tuman IIB xodimlari tomonidan olib ketilgani va 23 yanvar kuni esa IIBdan murdasi chiqqani haqida xabar bergan edik.
Shundan so`ng, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi va Ichki ishlar vaziri Po`lat Bobojonov ushbu voqea ortidan lavozimidan olingan IIB xodimlari haqida ma`lumot bergandi.
Ayni paytda Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma`lum qilishicha, Chiroqchi tumanida sodir etilgan mazkur jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari 22 iyun kuni tamomlangan. Dastlabki tergov yakuniga ko`ra 5 nafar ichki ishlar xodimlariga Jinoyat Kodeksining 241-1, 206, 104, 234 va 235 moddalari bilan ayb e`lon qilingan.
2 nafariga, ya`ni 4-sonli IIB boshligi va 4-sonli IIB JKG tezkor vakiliga "kamokka olish" xamda 2 nafari 4-sonli IIB profilaktika inspektori va 1 nafar 4-sonli IIB JKG tezkor vakiliga "garov" extiet chorasi kullanilgan.
Jinoyat ishi mazmunan kurib chikishlik uchun sudga yuborilgan.
Eslatib o`tamiz, sal avval, 30 may kuni Andijonda tergov uchun binoga olib kirib ketilgan fuqaro IIB xodimlari tomonidan kaltaklanib, o`ldirilganligi ortidan IIB boshlig`i qamoqqa olingani xabar qilingan edi.
Mavzuga doir: