Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan “UZAUTOMOTORS” AJda “Raqobat to`g`risida”gi qonun talablari buzilishi bo`yicha qo`zg`atilgan ishni19 avgust kuni ko`rib chiqilgani haqida xabar bergan edik.
Qo`zg`atilgan ishning ko`rib chiqilishida kompaniyadan biror vakil qatnashmagan edi. Ish oxirida komissiya “UZAUTOMOTORS” AJ avtomobillar narxini 3 mlndan 19 mln so`mgacha tushirishi kerakligi to`g`risida qaror qabul qilgandi.
"UzAvto Motors” AJ Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasining qarori ustidan Toshkent shahar ma`muriy sudiga shikoyat kiritibdi. Bu haqda Oliy Majlisning quyi palata deputati Rasul Kusherbaev ma`lum qildi.
-- Sud shu yilning 2 oktyabr kuni soat 10.00 da Toshkent shahar ma`muriy sudi binosida bo`lib o`tarkan.
Sudda Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasidagi maxsus komissiyaning
21/31-sonli ish buyicha 19.08.2020 yildagi karorini xaqiqiy emas, deb topish hakidagi shikoyat arizasi ko`rib chiqiladi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasidagi maxsus komissiyaning
21/31-sonli ish buyicha 19.08.2020 yildagi qarorida "UzAvto Motors” AJdan engil avtomobillar narxining asossiz oshirilgan qismini tushirish va ortiqcha olingan mablag`ni iste`molchilarga qaytarish vazifasi yuklatilgan edi.
Ko`ramiz sud bu ishni qanchalik mustaqil ko`rib chiqib, qonunlarga asosan qaror qabul qilarkin.
Shuncha qiyinchilik bilan xalq roziligi uchun boshni kundaga qo`yib qilinayotgan ishdan xafsala pir bo`lmasinda ishqilib, deb izoh qoldirgan deputat o`z telegram kanalida.
Mavzuga oid quyidagi materiallarni o`qib batafsil ma`lumotga ega bo`lishingiz mumkin?
Deputat: Monopolistlarimizning “bezbetlarcha” katta-katta mablag`larga ega bo`layotganligi asablarni tarang qilmoqda
Men Siz haqingizda ko`pchilikka ma`lum haqiqatni aytaveraman: Siz baribir monopol va nomard ishtirokchi sifatida qolaverasiz — Kusherbaev yana "O`zavtomotors"ga
Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi raisiga engil avtomobillar narxini oshirilishi bo`yicha deputatlik so`rovi yuborildi
«UzAutoMotors» deputat Rasul Kusherbaevning engil avtomobillar narxlarini oshirish bo`yicha aybloviga munosabat bildirdi
O`zbekistonda avtomobillar narxlari 3 mln so`mdan 19 mln so`mgacha tushiriladi, martdan boshlab mashina olganlar uchun narxlar qayta hisoblanadi
"Yo`q obro`ga qanday putur etkazish mumkin?!" Deputat “UzAutoMotors”ning Kusherbaev ustidan arz qilayotgani ortidan achchiq haqiqatlarni aytib tashladi
“UZAUTOMOTORS” qaysi avtomobillarni qanchadan qimmat narxda sotganligi ma`lum bo`ldi
Bir guruh deputatlar “UZAUTOMOTORS” masalasida korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktoriga deputatlik so`rovi kiritishdi
O`zLiDeP nega “O`zavtomotors” ustidan hukumatga emas Raqobat qo`mitasi va Prokuraturaga arz qildi? — Alisher Qodirov