AsosiyJinoyat

Suzish federasiyasi mansabdorlari ham 1 mlrd so`mdan ortiq pulni talon-toroj qilgani ma`lum qilindi

'Suzish federasiyasi mansabdorlari ham 1 mlrd so`mdan ortiq pulni talon-toroj qilgani ma`lum qilindi'ning rasmi

Bosh prokuratura tomonidan muttasaddi idoralar bilan bilan birgalikda O`zbekiston Suzish federasiyasida sohaga ajratilgan mablag`larning maqsadli ishlatilishi o`rganildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi. 

O`rganishda, Federasiya mansabdor shaxslari va boshqalar mansab vakolatlarini suiiste`mol qilib, juda ko`p miqdorda jamiyat manfaatiga zarar etkazishgan.

Xususan, terma jamoa hamda uning zaxirasi tarkibiga kiritilmagan fuqaro Rossiya Federasiyasining Volgograd shahrida o`tkazilgan xalqaro yig`inga yuborilib, 72 mln. so`m  byudjet mablag`lari asossiz ishlatilgan.

Shuningdek, 2021 yilning oktyabr-dekabr oylarida jami 287 nafar sportchi “D” MChJga qarashli mehmonxona xizmatidan foydalanmagan bo`lsalarda, foydalanganlik haqida elektron hisob-fakturalarga soxta yozuvlar kiritgan holda 1 mlrd. so`mlik pul mablag`i talon-toroj qilingan.

Mazkur holatlar bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, sal avval O`zbekiston Karate milliy federasiyasi va Voleybol federasiyasi mansabdorlari ham davlatning katta miqdordagi mablag`larini talon-toroj qilgani xabar qilingan edi. 

    Boshqa yangiliklar