AsosiyJamiyat

VI Kongress ishtirokchilari O`zbekistonning madaniy merosni saqlash borasidagi harakatlarini yuqori baholadi

'VI Kongress ishtirokchilari O`zbekistonning madaniy merosni saqlash borasidagi harakatlarini yuqori baholadi'ning rasmi

Registon maydonida madaniy merosni ommalashtirish bo`yicha yakunlovchi deklarasiya qabul qilindi, deya xabar beradi Turizm va madaniy meros vazirligi.

Yakunlovchi hujjatda shunday deya ta`kidlangan: "O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning bevosita tashabbusi bilan O`zbekistonda Yangi Renessans – Yangi Uyg`onish davrining poydevori qo`yilyapti, bu esa mamlakatimizda ma`naviy-ma`rifiy sohada tub o`zgarishlarni amalga oshirishda ham o`z ifodasini topmoqda".

Qayd etilishicha, olimlar O`zbekistonda gumanitar fan va madaniyat sohasida keng ko`lamli tadbirlar tashkil etilayotgani va amalga oshirilayotgani, davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va 2017–2027-yillarda  ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo`yicha 10 yillik davlat dasturi qabul qilinganini alohida ta`kidlashgan.

Ma`lumot o`rnida, "O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyatining olti yillik faoliyati davomida "O`zbekiston madaniy merosi" eksklyuziv xalqaro turkumining 60 ta jildi nashr etildi. 

"O`zbekiston obidalaridagi bitiklar", "O`zbekiston fan va madaniyati olimlar asarlarida" turkumlarini nashr etish bo`yicha ishlar davom ettirilmoqda, 60 dan ortiq filmlar suratga olindi, O`zbekistonda va xorijda ko`plab media-forumlar o`tkazildi. Olim va tadqiqotchilar o`rtasida samarali muloqotni ta`minlovchi ushbu harakat dasturi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati, qator xalqaro gumanitar tashkilotlar ko`magi bilan amalga oshirildi"- deyiladi deklarasiyada.

Eslatib o`tamiz, kongress davomida 100 dan ortiq ma`ruzalar o`qildi, davra suhbatlari, sessiyalar o`tkazildi.

Ma`lumot uchun, Kongress ishida 350 dan ortiq kishi qatnashdi. Bular: nomlari jahonga mashhur sharqshunos-olimlar, 6 nafar xalqaro tashkilotlar rahbarlari, 50 nafar taniqli xalqaro muzeylar direktorlari, 15 nafar akademiklar, 25 nafar professorlar, 22 nafar fan doktorlari, muzey xodimlari, madaniyat va san`atni yoritish sohasida faoliyat yuritayotgan OAV vakillari va O`zbekistonning madaniy merosini asrab-avaylash va o`rganish masalalari bilan qiziquvchi media vakillaridir.  

 

Mavzuga doir:

Samarqandda Butunjahon jamiyatining “O`zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” VI Xalqaro kongressi bo`lib o`tmoqda

VI Kongress: Tojikiston fondlarida o`zbekiston madaniy merosiga oid ko`plab osori atiqalar mavjud

Kongress kutubxonasiga “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” loyihasi kitoblari taqdim etildi

Butunjahon VI kongressi sensasiyasi: 1311 yillik so`g`d libosi bugungacha saqlanib qolgan

“O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” turkumiga oid 10 ta yangi kitob-albom taqdimoti o`tkazildi

"Bu universitet Samarqandni sayyohlik maskani sifatida rivojlantirish uchun ideal maskandir" — Frederik Starr

    Boshqa yangiliklar