AsosiyJamiyat

"Katta ehtimol bilan Kreml buyurtmasi asosida bo`lmoqda"

'"Katta ehtimol bilan Kreml buyurtmasi asosida bo`lmoqda"'ning rasmi

Vladimir Ilich Lenin vafot etganiga 100 yil to`lishi munosabati bilan “Uchrashuv joyi” tok-shousida rus shovinist tarixchisi Mixail Smolin "inqilobdan oldin ozarbayjon, o`zbek va qozoqlar hech qachon bo`lmagan", degan da`vo bilan chiqdi.

“Qozog`iston qanday paydo bo`ldi? Darhaqiqat, dastlab RSFSR tarkibida Qozog`iston SSR deb atalgan, ungacha qozoqlar umuman yo`q edi. Millatlarning shakllanishiga oid qarorlar shu qadar ixtiyoriy qabul qilingan. O`zbeklar, masalan, inqilobgacha hech qachon bo`lmagan, bunday nom yo`q edi. Markaziy Osiyoning bir qancha xalqlaridan o`zbeklarni olib, yaratdilar”,  deydi u.

Tarixchining bu kabi iddaolariga o`zbekistonlik faollar ham jim qarab turmadi. 

O`zbekiston Respublikasi tabiat resurslari vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbaev, rus ziyolilarining bu kabi chiqishlari katta ehtimol bilan Kreml buyurtmasi asosida bo`lmoqda. 

 “Ko`rinib turibdiki, katta ehtimol bilan Kreml buyurtmasi asosida rus ziyolilari sekin-asta Markaziy Osiyo mamlakatlarini bosib olishga o`z jamiyatini ruhan tayyorlamoqda”, deydi Kusherboev. 

Bundan tashqari Milliy tiklanish demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov ham rasmiy rus tomoni shovinistlarni “g`alati”  chiqishlarini ta`kidlashdan nariga o`tmayotganini , bu ularning bunday ritorikadan manfaatdor degan taassurot uyg`otishini aytdi

"So`nggi vaqtlarda rus tilida shovinistik bayonotlardan boshqa narsa eshitmayapmiz...

Bu holatda munosabatlar o`z yo`liga, amaliy choralar haqida o`ylashimiz kerak.

Masalan, 3 foizga ham bormaydigan rus vatandoshlar uchun ta`lim va televideniyada rus tili nomutanosib darajada ko`p! Bu nomutanosiblik tuzatilishi kerak.  

Birinchidan, O`zbekistonda boshlang`ich ta`limni ona tilida o`qitilishi bo`yicha norma qonunga kiritilishi mumkin.

Ikkinchidan, qozoq, ozar, qirg`iz, turkman, turk va tojik qardoshlar bilan teleko`rsatuvlar almashishni yo`lga qo`yaylik.

Fraksiyaning yaqin majlislarida bu masalalarni muhokama qilmoqchimiz",–degan qodirov.

O`zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron esa buni anchadan buyon davom etayotgan provokasiya debatadi.

"Bularning bari provokasiya va yolg`on. Eskidan bo`lib kelgan pastkashlik. Yolg`on esa elektr quvvatini o`tkazmaydigan moddadek, insonlar va xalqlar o`rtasidagi aloqalarning kuchayishiga chek qo`yuvchi vositadir. Tarixdagi har bir ijtimoiy yuksalish jamiyatning o`z merosiga, o`z o`tmishiga bo`lgan munosabatini isloh qilishdan boshlangan. Faqat shundagina haqiqiy ma`noda inqilobiy o`zgarishlar ro`y berishi mumkin", deydi shoir.

Eslatib o`tamiz, bundan avval rus siyosatchisi va yozuvchisi Zaxar Prilepin sobiq SSSR hududlarini Rossiya Federasiyasi tarkibiga qo`shib, ularning aholisiga rus tilini o`rgatish taklif qilgan edi. 

Bu esa, O`zbekistonda Zaxar Prilepinning mazkur bayonoti norozilik bilan qabul qilindi. Masalan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Inomjon Qudratov ushbu vaziyatda “Aqlsiz do`st aqlli dushmandan yomonroqdir”, naqlini eslatgan.

Oliy Majlis deputati Bobur Bekmurodov rus siyosatchilarining bunday qarashlari shubhasizki, O`zbekistonliklar orasida Rossiya Federasiyasiga salbiy munosabatni kuchaytirishini aytgan.  

Shundan so`ng, joriy yilning 21 dekabr kuni Tashqi ishlar vazirligiga Rossiya Federasiyasining O`zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi O.Malginov taklif etilgan.

Senat raisi Tanzila Norboeva esa O`zbekiston hech qachon hech kimga mustamlaka bo`lmasligini aytdi.

    Boshqa yangiliklar