O`zbekiston Respublikasi hukumati mamlakatda koronavirus COVID-19 kasalligi birinchi marta aniqlanganligi haqida xabar bergani munosabati bilan 2020-yil 16-martdan boshlab xalqaro yo`nalishlar bo`yicha barcha qatnovlar bekor qilindi. Bu haqda Uzbekistan Airways ma`lum qildi.
2020-yil 16 mart kuni faqat quyidagi yo`nalishlar bo`yicha yakuniy qatnovlar amalga oshiriladi:
HY426 — Deli - Toshkent
HY103/104 — Toshkent - Riga - Toshkent
2020-yil 16 martda quyidagi qatnovlar bekor qilinadi:
HY231/232 - Toshkent - Frankfurt - Toshkent
HY271/272 - Toshkent - Istanbul - Toshkent
HY273/274 - Toshkent - Istanbul - Toshkent
HY275/276 - Samarqand - Istanbul - Samarqand
HY333/334 - Toshkent - Dubay - Toshkent
HY421 - Toshkent -Deli
HY603/604 - Toshkent - Moskva - Toshkent
HY613/614 - Toshkent - Moskva - Toshkent
HY601/602 - Toshkent - Moskva - Toshkent
HY605 - Samarqand - Moskva
HY626- Moskva - Farg`ona
HY627 - Farg`ona-Moskva
HY628 - Moskva - Farg`ona
HY637/638 - Urganch - Sankt-Peterburg - Urganch
HY639 - Samarqand - Sankt-Peterburg
HY667/668 - Toshkent - Novosibirsk - Toshkent
HY691/692 - Toshkent - Tyumen - Toshkent
HY709/710 - Toshkent - Minsk - Toshkent
HY712 - Sankt-Peterburg - Termiz
HY717 - Toshkent - Dushanbe
HY721/722 - Toshkent - Nur-Sulton - Toshkent
HY763/764 - Toshkent - Olma-ota - Toshkent
HY777/778 - Toshkent - Bishkek - Toshkent
Shuningdek, xalqaro yo`nalishlar bo`yicha barcha keyingi aviaqatnovlar bekor qilindi.
Xalqaro qatnovlarni to`xtatish 2020-yil 5-aprelgacha rejalashtirilgan.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining bekor qilingan qatnovlariga aviachiptalarni sotib olingan joyda qaytarish mumkinligini ma`lum qildi
Shuningdek, aviachiptalarni 2020-yil 5-apreldan keyin bo`lgan boshqa sanalarga almashtirish ham mumkin.
Eslatib o`tamiz:
Ӯzbekistonda koronavirus bilan kasallangan odam aniqlandi. Bemor Fransiyadan kelgan;
Soat 13.00 da Bosh vazir boshchiligida koronavirus mavzusiga bag`ishlangan brifing bo`ldi;
Koronavirus aniqlangan o`zbekistonlik ayol bilan birga 48 yo`lovchi Parijdan uchib kelgani aniqlandi;
16 martdan O`zbekistonda bog`cha, maktab va OTMlar koronavirus sabab karantinga yopiladi;
Koronavirus sababli O`zbekistonda barcha diniy marosimlar vaqtincha cheklandi;
Toshkentdan viloyatlarga qaytadigan talabalarga temir yo`llari va samolyotlarda 50% chegirma beriladi;
Ta`lim muassasalari yopilishi munosabati bilan ta`til paytida telekanallarda o`quv dasturlari yo`lga qo`yiladi;
O`zbekistonda tibbiyot niqoblarini ishlab chiqarish o`n barobarga oshirildi;
1003 raqami orqali koronavirus haqida ma`lumot olish mumkin bo`ldi;
Koronavirus aniqlangan o`zbekistonlik ayol shifokor bo`lgani aniqlandi;
Aholi orasida vahimali ma`lumotlarni tarqatganlar jarima yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
Koronavirus sabab Yulduz Usmonovaning konserti to`xtatildi;
O`zbekistonda koronovirus infeksiyasi va unga qarshi choralar bo`yicha axborot beruvchi rasmiy kanal ochildi;
Million jamoasining konserti ham qoldirildi;
Barcha sayyohlar tartib bilan o`z vataniga qaytariladi;
O`zbekistonda qayd etilgan koronavirus bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi;
16 mart kuni Uzbekistan Airways bir qator davlatlarga yakuniy qatnovlarni amalga oshiradi (ro`yxat);
Senat O`zbekiston xalqidan vahima qilmasdan sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilishni so`ramoqda;
Qozog`istonda favqulodda holat joriy etildi. TIV u erdagi hamyurtlarimizni ogohlantirmoqda;
Birorta bozor, birorta savdo do`koni, birorta ovqatlanish shoxobchasi yopilishiga yo`l qo`yilmaydi, narxlar nazoratga olinadi — DSQ raisi;
O`zbekistonda koronavirus sababli ta`tilga chiqarilgan o`quvchilarga uyda qanday mashg`ulotlar qilishlari haqida Vazirlik tavsiya berdi;
Talabalar 16 martdan ikki hafta (hozircha) ta`tilga chiqariladi;
Talabalar vokzalga kelmasdan, talabalar shaharchasining o`zida chipta olishlari mumkin;
“Uzautotrans service” korxonasi qo`shimcha qatnovlarni yo`lga qo`ydi;
O`zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 4 nafarga etdi;
Bugun Toshkentdan viloyatlarga qo`shimcha poezd reysi tashkil qilinadi (ro`yxat va jo`nash vaqti);
Otning o`limi itning bayramimi? Yoxud eng ko`p shikoyat qaerdan bo`layotgani ma`lum qilindi.