AsosiyJamiyat

Sadir Japarov O`zbekistonga amaliy tashrifni yakunlab, yurtiga qaytib ketdi

'Sadir Japarov O`zbekistonga amaliy tashrifni yakunlab, yurtiga qaytib ketdi'ning rasmi

 Sadir Japarov amaliy tashrifni yakunladi.

16 sentyabr kuni Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo`ydi.

Eslatib o`tamiz, bugun, 16 sentyabr kuni qirg`iz-tojik chegarasida otishma sodir bo`ldi.

Qirg`iziston va Tojikiston chegarasida qurolli to`qnashuvlarda tomonlar bir-birini provokasiyada ayblamoqda.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo Davlat rahbarlari kengashi yig`ilishida ishtirok etayotgan paytida Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov bir muddat o`z o`rnini tark etgan va qaytib kelgan. 

Qirg`iziston Jo`qorg`i Keneshi spikeri Talant Mamitovning ma`lum qilishicha, Sadir Japarov Samarqanddan qaytadi va soat 17:00 da chegaradagi vaziyat bo`yicha yig`ilish o`tkazadi.

Samarqandda Qirg`iziston va Tojikiston prezidentlari chegaradagi vaziyat yuzasidan muzokara o`tkazishgani ma`lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar