AsosiyJamiyat

Birorta bozor, birorta savdo do`koni, birorta ovqatlanish shoxobchasi yopilishiga yo`l qo`yilmaydi, narxlar nazoratga olinadi — DSQ raisi

'Birorta bozor, birorta savdo do`koni, birorta ovqatlanish shoxobchasi yopilishiga yo`l qo`yilmaydi, narxlar nazoratga olinadi — DSQ raisi'ning rasmi

Davlat soliq qo`mitasi raisi ayni paytda ertimizda qayd etilgan koronavirusi O`zbekiston bozor va savdo majmualari xizmat ko`rasatishi sifatiga va narx-navosiga ta`sir etmasligini ma`lum qildi.

 «Eng muhimi, birinchi navbatda, vahimaga tushmaslik. O`tgan ikki oy davomida biror bir mahsulotga narx oshdimi? Yoki narx oshishiga biror omil ta`sir qildimi? Hech qanday ta`sir bo`lgani yo`q.  

Soliq organlari va prokuratura huzuridagi departament xodimlari bilan birgalikda doimiy asosda ishlaydigan  maxsus shtab tuziladi va har bir bozordagi vaziyat nazoratga olinadi.

Shukrona qilib aytishimiz kerak, O`zbekiston oziq-ovqat mahsuloti bilan o`zini-o`zini ta`minlay oladigan mamlakat. Go`sht mahsuloti bo`ladimi, poliz mahsulotimi, hamma mahsulotlar hech qanday muammo bo`lmasligi kerak.  

Odamlarimiz vahimaga tushmaslik uchun aytmoqchimanki, hukumat tomonidan bunday vaziyat doimiy asosda nazoratga olib boriladi. Nafaqat Toshkentda, balki hududlardagi bozorlarda ham. Birorta bozor, birorta savdo do`koni, birorta ovqatlanish shoxobchasi yopilishiga yo`l qo`yilmaydi. Bozorlarimiz juda ham to`kin-sochin», — dedi Davlat soliq qo`mitasi raisi Behzod Musaev.

Eslatib o`tamiz, 

Ӯzbekistonda koronavirus bilan kasallangan odam aniqlandi. Bemor Fransiyadan kelgan;

 

Soat 13.00 da Bosh vazir boshchiligida koronavirus mavzusiga bag`ishlangan brifing bo`ldi;

 

Koronavirus aniqlangan o`zbekistonlik ayol bilan birga 48 yo`lovchi Parijdan uchib kelgani aniqlandi;

 

16 martdan O`zbekistonda bog`cha, maktab va OTMlar koronavirus sabab karantinga yopiladi;

 

Koronavirus sababli O`zbekistonda barcha diniy marosimlar vaqtincha cheklandi;

 

Toshkentdan viloyatlarga qaytadigan talabalarga temir yo`llari va samolyotlarda 50% chegirma beriladi;

 

Ta`lim muassasalri yopilishi munosabati bilan ta`til paytida telekanallarda o`quv dasturlari​ yo`lga qo`yiladi;

 

O`zbekistonda tibbiyot niqoblarini ishlab chiqarish o`n barobarga oshirildi;

 

1003 raqami orqali koronavirus haqida ma`lumot olish mumkin bo`ldi;

 

Koronavirus aniqlangan o`zbekistonlik ayol shifokor bo`lgani aniqlandi;

 

Aholi orasida vahimali ma`lumotlarni tarqatganlar jarima yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;

 

Koronavirus sabab Yulduz Usmonovaning konserti to`xtatildi;

 

O`zbekistonda koronovirus infeksiyasi va unga qarshi choralar bo`yicha axborot beruvchi rasmiy kanal ochildi;

 

Million jamoasining konserti ham qoldirildi;

 

Barcha sayyohlar tartib bilan o`z vataniga qaytariladi;

 

O`zbekistonda qayd etilgan koronavirus bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi;

 

16 mart kuni Uzbekistan Airways bir qator davlatlarga yakuniy qatnovlarni amalga oshiradi (ro`yxat);

 

Senat O`zbekiston xalqidan vahima qilmasdan sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilishni so`ramoqda;

 

Qozog`istonda favqulodda holat joriy etildi. TIV u erdagi hamyurtlarimizni ogohlantirmoqda;

 

    Boshqa yangiliklar