AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirus sababli ta`tilga chiqarilgan o`quvchilarga uyda qanday mashg`ulotlar qilishlari haqida Vazirlik tavsiya berdi

'O`zbekistonda koronavirus sababli ta`tilga chiqarilgan o`quvchilarga uyda qanday mashg`ulotlar qilishlari haqida Vazirlik tavsiya berdi'ning rasmi

Xabaringiz bor, 2020 yilning 16 mart kunidan O`zbekiston Respublikasidagi barcha umumta`lim maktablari o`quvchilari uchun ta`til e`lon qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi Respublika ta`lim markazi tomonidan ta`tilni mazmunli o`tkazish bo`yicha quyidagilar tavsiya qilinmoqda.

Har bir sinfda o`tiladigan fanlar bo`yicha o`qituvchilar o`zlarining  taqvim mavzu rejalarini ko`rib chiqadi va ta`tilga qadar o`tilishi kerak bo`lgan yangi mavzular qolgan bo`lsa, ularni o`quvchilar uylarida darsliklardan mustaqil ravishda o`rganib olishlari bo`yicha tushuntirish beriladi.

O`quvchilarga ta`til vaqtida:

matematika, fizika, ximiya kabi asosiy fanlardan mustaqil ravishda misol va masalalar echish;

o`qish, odobnoma, adabiyot va tarix fanlaridan mavzularni mustaqil ravishda va ota-onalari bilan birgalikda o`qish, mavzular haqida oilada o`zaro suhbatlashish va fikr almashish;

xorijiy tillardan mustaqil ravishda lug`atlar yodlash;

qo`shimcha ravishda badiiy kitoblar o`qish;

10-11-sinf o`quvchilariga kelgusida kirmoqchi bo`lgan oliy o`quv yurtining yo`nalishiga qarab tegishli fanlardan qo`shimcha tayyorlanish, ayniqsa barcha OTMlarga kirishda majburiy bo`lgan O`zbekiston tarixi, matematika va ona tili fanlarini takrorlash;

ta`limiy elektron resurslardan (Khan Academy, Edu Market kabi resurslar) ko`proq o`rganish tavsiya etiladi.

O`quvchilar qo`shimcha ta`tilga chiqqan muddatlarda maktab pedagogika jamoasi o`z faoliyatini davom ettiradi.

Sinf rahbarlari va fan o`qituvchilariga qo`shimcha ta`til vaqtida o`quvchilar va ularning ota-onalari bilan telefon orqali yoki messenjerlar yordamida bog`lanish, ularga qo`shimcha tavsiyalar berib turish vazifasi yuklatiladi.

O`quvchilarni qo`shimcha ta`tilga kuzatishda ularga doimo sog`lom turmush tarziga va sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilishi, qo`llarni tez-tez sovunlab yuvib turishi, imkon darajasida odamlar ko`p to`plangan joylarga bormaslik haqida tushuntirish ishlari olib borilishi tavsiya etiladi.

Ӯzbekistonda koronavirus bilan kasallangan odam aniqlandi. Bemor Fransiyadan kelgan;

 

Soat 13.00 da Bosh vazir boshchiligida koronavirus mavzusiga bag`ishlangan brifing bo`ldi;

 

Koronavirus aniqlangan o`zbekistonlik ayol bilan birga 48 yo`lovchi Parijdan uchib kelgani aniqlandi;

 

16 martdan O`zbekistonda bog`cha, maktab va OTMlar koronavirus sabab karantinga yopiladi;

 

Koronavirus sababli O`zbekistonda barcha diniy marosimlar vaqtincha cheklandi;

 

Toshkentdan viloyatlarga qaytadigan talabalarga temir yo`llari va samolyotlarda 50% chegirma beriladi;

 

Ta`lim muassasalri yopilishi munosabati bilan ta`til paytida telekanallarda o`quv dasturlari​ yo`lga qo`yiladi;

 

O`zbekistonda tibbiyot niqoblarini ishlab chiqarish o`n barobarga oshirildi;

 

1003 raqami orqali koronavirus haqida ma`lumot olish mumkin bo`ldi;

 

Koronavirus aniqlangan o`zbekistonlik ayol shifokor bo`lgani aniqlandi;

 

Aholi orasida vahimali ma`lumotlarni tarqatganlar jarima yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;

 

Koronavirus sabab Yulduz Usmonovaning konserti to`xtatildi;

 

O`zbekistonda koronovirus infeksiyasi va unga qarshi choralar bo`yicha axborot beruvchi rasmiy kanal ochildi;

 

Million jamoasining konserti ham qoldirildi;

 

Barcha sayyohlar tartib bilan o`z vataniga qaytariladi;

 

O`zbekistonda qayd etilgan koronavirus bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi;

 

16 mart kuni Uzbekistan Airways bir qator davlatlarga yakuniy qatnovlarni amalga oshiradi (ro`yxat);

 

Senat O`zbekiston xalqidan vahima qilmasdan sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilishni so`ramoqda;

 

Qozog`istonda favqulodda holat joriy etildi. TIV u erdagi hamyurtlarimizni ogohlantirmoqda;

 

Birorta bozor, birorta savdo do`koni, birorta ovqatlanish shoxobchasi yopilishiga yo`l qo`yilmaydi, narxlar nazoratga olinadi — DSQ raisi.

 

    Boshqa yangiliklar